Özbekiston xalq artisti, Özbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bir jinsli nikoh va boşqa taşqi tahdidlarga qarşi turişning yölini aytdi. U bu haqda Sankt-Peterburgda ötgan Birlaşgan madaniyatlar forumi doirasida Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vaziri Olga Lyubimova bilan suhbat çoğida aytib ötdi, deb TASS xabar berdi.
“Madaniy xilma-xillikni saqlagan holda madaniy merosimiz va qadimiy anʼanalarimizni asrab-avaylaş va xalqaro madaniy almaşinuvni kuçaytiriş – bir jinsli nikohlar, noaniq pop madaniyat anʼanalari, qalbaki sanʼat va yoşlar ongiga salbiy taʼsir körsatişga qaratilgan adabiy obrazlar yaratişga urinişlar kabi turli ehtimoliy taşqi tahdidlarga qarşi turişning muhim omili hisoblanadi. Yuqoridagilarning barçasi madaniyatga bevosita tahdid soladi. Şu nuqtayi nazardan, insoniyatning maʼnaviy rivojlanişining kelajagi bevosita madaniyatlarning sofligi va haqiqiyligini saqlaşga boğliq”, degan Nazarbekov.

Vazir Özbekistonda 130 dan ortiq turli millat va elat vakillari tinç-totuv yaşayotgani, ularning madaniyat markazlari mavjud bölib, ularga öz madaniyatini erkin namoyiş etiş imkoni berilayotganini alohida urğulagan.
Nazarbekovning özi ham ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali Sankt-Peterburgdagi forumda iştirok etgani haqida xabar bergan va unda şunday yozgan:
"Insoniyatning kelgusi maʼnaviy taraqqiyoti madaniyatlarning sofligi va aslligini saqlab qoliş, dunyo madaniyatiga qanday uluş qöşamiz va öz navbatida, dunyo bizni qanday qabul qilişiga bevosita boğliq. Zero dunyodagi aksariyat keskinliklar avvalo, tuşunarsiz, “yangi” madaniyatlarni singdirişga uriniş, madaniyatlaro qarama-qarşilikdan kelib çiqmoqda. Dunyo bugun qanday rivojlaniş yölida bölmasin, qadim tsivilizatsiyalarga asos bölgan madaniyatlarni saqlab qolişimiz kerak".
Maʼlumot uçun, 16-18 noyabr kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida IX xalqaro madaniyat forumi – Birlaşgan madaniyatlararo forumi bölib ötdi. Tadbir Rossiya Federatsiyasi hukumati va Madaniyat vazirligi, Sankt-Peterburg hokimiyati va Davlat Ermitaji tomonidan taşkil etildi.
Forumda dunyoning 70 ga yaqin mamlakati vakillari, jumladan 60 nafarga yaqin madaniyat vazirlari iştirok etgan.









