Prezident Şavkat Mirziyoyev hozirda band bölmagan 92 ming bitiruvçini işga joylaştiriş va qöşimça iş örinlarini yaratiş yönalişlarini körsatib ötdi. Bu haqda u bugun, 8 avgust kuni oliygohlar bitiruvçilarini işga joylaştiriş böyiça kengaytirilgan yiğilişda maʼlum qildi.
Bildirilişiça, 20 ming nafar bitiruvçi magistratura va ikkinçi mutaxassislik bilan qamrab olinadi. Yana 20 ming nafar bitiruvçini 10 mingga yaqin korxonadagi staj talab qilmaydigan iş örinlariga joylaştiriş mumkin.
Şuningdek, har bir viloyatda biznes-inkubatorlar taşkil qilib, ularda tadbirkorlik startaplari, marketing, dizayn, AT xizmatlari orqali 15-20 ming bitiruvçini band qiliş topşirildi.
Bundan taşqari, kimyo, energetika, geologiya, avtosanoat, metallurgiya, farmatsevtika tarmoqlarida 10 ming muhandis, texnolog, operator, standartlaş, sifat nazorati, moliya, iqtisodiyot yönalişi bitiruvçilarini işga joylaş imkoniyati bor. Şuningdek, töqimaçilik, çarm, elektrotexnika, quriliş materiallari, oziq-ovqat kabi mahalliy sanoat tarmoqlarida 5-7 ming bitiruvçini doimiy iş bilan taʼminlaş mumkin.
Mutasaddilarga 6 ming bitiruvçini transport, logistika, yöl, quriliş, kommunal sohalar bilan qamrab oliş, pedagogika, tibbiyot, ijtimoiy himoya, madaniyat, sanʼat sohalari muassasalari va öquv markazlarida 10 ming bitiruvçini işli qiliş topşirildi. Yana 30 ming bitiruvçiga esa biznesini yölga qöyişga kömaklaşiladi.
Şu bilan birga, bundan buyon bitiruvçilarni işga joylaşda özini özi band qilganlik inobatga olinmasligi belgilandi.
Davlat rahbari uyuşmagan yoşlar bilan işlaş masalasiga ham töxtalib ötdi. Şundan 115 ming nafarining bandligini taʼminlaş masalasi vazirlik, viloyat va tuman rahbarlari tomonidan hal qilinmoqda. 52 ming tarbiyasi oğir yoşlar huquq-tartibot xodimlari tomonidan otaliqqa olingani ham natijasini körsatdi.
Şu bilan birga, qolgan 5,5 ming işsiz, 31 ming tarbiyasi oğir yoşlar va öqişdan çetlatilgan 3 ming talaba bilan tizimli işlab, hayotda öz yölini topişi uçun yordam beriş kerakligi körsatib ötildi. Mutasaddilarga hokimlar, mahalla raislari, hokim yordamçilari va yoşlar yetakçilari bilan birgalikda 9 ming uyuşmagan va öqişdan çetlatilgan yoşni tadbirkorlik, xorijiy til va zamonaviy kasblarga örgatib, işli qiliş topşirildi. Masʼullar oldiga 31 ming tarbiyasi oğir yoşlarni kasb va til tögaraklari, sport musobaqalari, harbiy-vatanparvarlik tadbirlariga jalb qiliş vazifasi qöyildi.









