Putin Rossiyani yöq qilişning yagona yölini aytdi

Putin Rossiyani yöq qilişning yagona yölini aytdi

Rossiyani mağlub etib bölmaydi, uni faqat içkaridan yöq qiliş mumkin. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin yillik matbuot anjumanida maʼlum qildi.  

BBC rus xizmati muxbiri Pyotr Kozlov Putindan sönggi olti oy içida xorijiy taşkilotlar va OAVni xorijiy agentlar va ekstremistlar deb tan olinişi keskin oşganiga nima bölayotganini söragan.

“Agar tarix haqida gapiradigan bölsak, men sizga raqiblarimiz asrlar davomida nima haqida gapirib kelayotganini eslatmoqçiman. Rossiyani mağlub etib bölmaydi, uni faqat içkaridan yöq qiliş mumkin. Bu Birinçi jahon uruşidan keyin va 1990-yillarda sodir bölgan voqea. Kim buni qildi? Boşqa odamlarning manfaatlariga xizmat qilganlar”, degan Putin. 

Xorijiy ommaviy axborot vositalarining tez ösib borayotgan reyestri haqidagi savolga Putin bunda yaxşilik körmayotganini aytgan. 

Şu bilan birga, u Rossiyada xorijiy agentlar faoliyatini tartibga soliş AQŞdagiga qaraganda “yumşoqroq” ekanini aytgan. 

“Agar siz öz faoliyatingizni yopmagan bölsangiz, siz jinoiy faoliyatga duç kelasiz — beş yilgaça qamoq jazosi. Agar siz uşbu faoliyatni töxtatib, taşkilotingizni yopgan bölsangiz ham, bu sizni jinoiy javobgarlikdan ozod qilmaydi. Beş yil! Biz işni töxtatişni talab qilmaymiz. Ular bundan keyin ham işlaşda davom etişlari mumkin. Bizning qonunimiz ança liberaldir”, degan Prezident va çet el agenti sifatida tan olingan taşkilotlar moliyalaştiriş manbalarini oşkor etişi kerakligini taʼkidlagan. 

Şu bilan birga, uning sözlariga köra, “siyosiy faoliyatni tuşuniş bilan boğliq muammolar mavjud”. 

“Bizda 74 ta taşkilot xorijiy agent sifatida tan olingan”, deya qöşimça qilgan Prezident. 

U Rossiyadagi xorijiy agentlarning uluşi AQŞdagi xorijiy agentlarning uluşidan oşmasligini taʼkidlagan. 

Eslatib ötamiz, Putin Payğambar Muhammad (s.a.v.)ni haqorat qiliş ijod erkinligi hisoblanmasligini aytgandi. 

×