Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, tumandagi Aholi bandligiga kömaklaşiş markazi mansabdor şaxslari tomonidan markazga iş sörab murojaat qilmagan va işsizlar röyxatiga kiritilmagan 204 fuqaroning jamoat işlariga jalb etilgani haqida soxta hujjatlar tuziş orqali jami 216,2 million söm byudjet mablağlari talon-taroj qilingani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan markaz mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.









