Sözlar amalga köçmadi. Saudiyadagi sammitda Isroilga sanktsiya qöllanmadi

Sözlar amalga köçmadi. Saudiyadagi sammitda Isroilga sanktsiya qöllanmadi
Tel-Avivni boykot qiliş taklifi Saudiya Arabistoni va yana bir qança boşqa mamlakatlar tomonidan qöllab-quvvatlanmadi.

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod şahrida Arab davlatlari ligasi hamda Islom hamkorlik taşkilotining favqulodda qöşma sammiti ötkazildi. Isroil agressiyasi oqibatida Ğazodagi vaziyat keskinlaşib borayotgani uçun ikki taşkilot yiğilişi birlaştirildi.

Sammitning umumiy rezolyutsiyasida Isroilning Ğazodagi harakatlari qoralandi. «Biz Isroilning Ğazodagi agressiyasini, Ğarbiy sohil, Şimoliy Quddusdagi Falastin xalqiga qarşi kolonial bosqinçi hukumat tomonidan noinsoniy va vahşiylarça amalga oşirilayotgan ommaviy qotillik körinişidagi harbiy jinoyatlarni qoralaymiz. Bu agressiya tezda töxtatilişini talab qilamiz», deyiladi bayonotda.

Isroilga qarşi sanktsiya taklifi rad etildi

Yiğilişda Isroil va uning asosiy ittifoqçisi AQŞ manziliga köp salbiy gaplar aytildi, ammo bu bayonotlar amaliy harakatlarga köçmadi. Masalan, Jazoir arab davlatlari tomonidan Isroilga qarşi sanktsiyalar joriy qiliş loyihasini taqdim etdi. Jazoir AQŞning Isroilga yordam berişda arab davlatlaridagi harbiy bazalardan foydalanişiga yöl qöymaslik, Isroil bilan iqtisodiy aloqalarni uziş taklifini ham bildirgandi.

Jazoirning asosiy taklifi esa neft bilan boğliq edi. Şimoliy Afrikadagi arab davlati qolgan arablarni Isroilga neft bermaslikka, «qora oltin»dan Isroilga bosim ötkaziş yölida foydalanişga çaqirdi. Ammo bu şunçaki taklifligiça qolib ketdi. Çunki Arab davlatlari ligasining 11 aʼzosi qöllagan uşbu taklifni liganing ikki asosiy davlati – Saudiya Arabistoni va BAA, şuningdek, Marokaş hamda Bahrayn qöllab-quvvatlamadi.

Ekspertlar fikriça, arab davlatlari sammit oldidan ham Isroilga qarşi qandaydir sanktsiya kiritiş haqida öylamagan. Jazoirning taklifini «piar yuriş» deb ataganlar ham böldi.

Times of Israel naşri yozişiça, sammitda Isroil samolyotlarining arab davlatlari osmoni uzra uçişini taqiqlaş ham taklif qilingan. Ammo bu taklif Saudiya Arabistoni, BAA, Iordaniya, Misr, Sudan, Marokaş, Mavritaniya va Jibuti tomonidan qöllab-quvvatlanmagan.

Arab-islom sammiti iştirokçi davlatlari joylaşuvi

Bunaqasi avval bölgandi

Jazoir tomoni Isroilga qarşi sanktsiyalar doirasida bejiz neftdan foydalaniş kerakligini ilgari surmagan. Çunki bunaqasi avval ham bölgan. 1973 yilgi arablar va Isroil örtasidagi «Qiyomat kuni uruşi» vaqtida OPEK aʼzosi bölgan barça arab davlatlari, şuningdek, Misr va Suriya uruşda Isroilni qöllagan Britaniya, Kanada, AQŞ, Niderlandiya va Yaponiyaga neft sotmasligini eʼlon qiladi.

Natijada neftning 1 barreli 3 dollardan 12 dollargaça qimmatlaşib ketadi. 1973 yil oktyabr oyida boşlangan embargo 1974 yilgaça davom etadi. Bu embargo tarixdagi eng yirik energiya inqirozini keltirib çiqaradi. Öşa voqeadan keyin Afrikaning köplab davlatlari Isroil bilan aloqalarni uzadi. Neft narxi oşib köplab kompaniyalar inqirozga uçraydi.

«HAMASning qöllarini öpamiz»

Kutilganidek, sammitda eng keskin bayonotlar Isroilni özining eng katta duşmani deb hisoblaydigan Eron prezidenti Ibrohim Raisiy tomonidan bildirildi. Darvoqe, Saudiya va Eron munosabatlari iliqlaşa boşlaganidan buyon fors davlati yetakçisi ilk marta Hijoz ölkasiga borganini ham taʼkidlaş kerak.

Eron prezidenti HAMASni Isroilga qarşi uruşi uçun olqişlab, musulmon davlatlarni Isroilga qarşi sanktsiya joriy qilişga çaqirdi. «Isroilga qarşi turişdan boşqa yöl yöq. Bu işni bajarayotgani uçun HAMASning qöllarini öpamiz», dedi Eron prezidenti.

Raisiy Falastinni qurollantiriş muhimligini ham taʼkidladi. Ammo bu taklif kim tomonidan qöllab-quvvatlangani yoki rad etilgani aniq emas. Umuman, hozir qamalda qolib Isroilga qarşi kuraşayotgan Ğazodagi falastinliklarga kimdir qurol yetkazib beriş-bermasligi ham nomaʼlum.


Manba: kun.uz

×