Özbekistonning Saudiya Arabistonidagi elçixonasi özbekistonliklarni aviaqatnovlar jadvalidagi ehtimoliy özgarişlarni hisobga olişga hamda ehtiyotkorlik çoralari, tinçlik va xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilişga çaqiradi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, mintaqada saqlanib qolayotgan keskinlik hamda havo qatnovlari faoliyatida davriy ravişda yuzaga kelayotgan özgarişlarni inobatga olgan holda, xorijiy davlatlarga safarlarni rejalaştirişda aviareyslar jadvali, parvoz yönalişlari va tranzit qoidalariga kiritilişi mumkin bölgan özgarişlarni hisobga oliş söraladi.
Saudiya Arabistoni hududida içki vaziyat barqarorligiça qolmoqda, jamoat xavfsizligiga tahdidlar yoki maxsus çeklov çoralari qayd etilmagan.
Şu bilan birga, umumiy vaziyatdan kelib çiqqan holda, parvozlar logistikasi, tranzit yönalişlari va kutiş vaqtlarida yuzaga kelişi mumkin bölgan özgarişlar safar şartlari va uning davomiyligiga taʼsir körsatişi, jumladan, parvozlarning keçikişi, majburiy ravişda boşqa reysga ötkazilişi yoki parvoz yönalişining özgarişiga olib kelişi mumkin.
Saudiya Arabistoni va Yaman örtasidagi çegara hududlariga yaqinlaşmaslik, xavfsizlik masalalari böyiça mahalliy hokimiyat organlarining körsatmalariga qatʼiy rioya qiliş, harbiy obʼektlar, turli hodisalar oqibatlarini tasvirga olmaslik, tekşirilmagan maʼlumotlarni tarqatmaslik, rasmiy axborot manbalaridan foydalaniş, şaxsni tasdiqlovçi hujjatlarni doimo olib yuriş tavsiya etiladi.
Zarur hollarda Özbekistonning Saudiya Arabistonidagi diplomatik vakolatxonalari bilan boğlaniş söraladi.
Özbekistonning Ar-Riyozdagi elçixonasi:
- Telefon: +966 11 263 52 23, konsul: Şuxrat Ibragimov;
- +966 56 721 77 31 (Telegram / WhatsApp).
Özbekistonning Jiddadagi Boş konsulxonasi:
- Telefon: +966 12 607 72 50, konsul: Azimjon Kobiljonov;
- +966 59 439 08 50 (Telegram / WhatsApp).
“Barçani ehtiyotkorlikka rioya qiliş hamda tinçlik va xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilişga çaqiramiz”, deyiladi xabarda.









