Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan huquq faoli va jamoat arbobi Usmon Kavalani qamoqdan ozod qilişga çaqirgan 10 davlat elçilarini mamlakatdan çiqarib yubormoqçi. Bu haqda “Daily Sabah” yozmoqda.
“Men Taşqi işlar vaziriga bu elçilarni imkon qadar tezroq persona non-grata (xuşlanmagan) deb eʼlon qilişni buyurdim”, deydi Erdöğan.
Maʼlumot uçun, persona non-grata, deb eʼlon qilingan diplomat, maʼlum vaqtdan keçikmay, qabul qiluvçi mamlakatni tark etişi kerak.
Dastlab, AQŞ, Kanada, Germaniya, Frantsiya, Finlyandiya, Daniya, Niderlandiya, Norvegiya, Şvetsiya va Yangi Zelandiya elçixonalari tört yil oldin, 18 oktyabrda hibsga olingan Usmon Kavalaning ozod qilinişini talab qilib, murojaatnoma tarqatdi. Ular Turkiya hukumatini Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi talabini bajarişga va Kavalani qöyib yuborişga çaqirgan.
Murojaat eʼlon qilinganidan keyin elçilar Turkiya Taşqi işlar vazirligiga çaqirilib, mamlakat içki işlariga aralaşişga urinişda ayblangan.
Qöşimça maʼlumot uçun, Usmon Kavala 2017 yil noyabr oyida Istanbuldagi Gezi boği atrofidagi ommaviy namoyişlar va 2016 yildagi davlat töntarişiga urinişda iştirok etganlikda ayblanib hibsga olingan. Kavalaning ayblovlari bir neça bor körib çiqilgan, biroq u haligaça qamoqda qolmoqda.
Inson huquqlari böyiça Yevropa (IHES) sudi 2019 yilda Turkiya huquq-tartibot idoralarida Kavalani hibsda uşlab turiş uçun heç qanday dalil yöqligi töğrisida qaror çiqargan. Biroq Turkiya hukumati IHES’ning qaroriga amal qilmadi.









