Arab va islom davlatlari Ğazo sektoridagi janglarni töxtatiş uçun BMT Xavfsizlik kengaşiga murojaat qiladi. Bu haqda Ar-Riyodda yakunlangan Arab davlatlari ligasi va Islom hamkorlik taşkiloti qöşma sammitining yakuniy bayonotida söz borgan.
“Xalqaro gumanitar huquqni buzuvçi bosqinçi davlat tomonidan tajovuzni töxtatiş böyiça yakuniy va qonuniy kuçga ega qaror qabul qiliş uçun Xavfsizlik Kengaşiga murojaat qilamiz”, deyiladi hujjatda.
Bundan taşqari, mintaqaviy taşkilotlar aʼzolari Xavfsizlik Kengaşidan Isroilning tinç aholi manzillariga hujumlarini, suv va elektr taʼminotini töxtatişini, şuningdek, Ğazo sektoriga insonparvarlik yordami kirişiga tösqinlik qiluvçi va aloqa tizimini izdan çiqaradigan harakatlarini qoralaşni talab qiliş niyatida. Bayonotda anklavdagi blokadani bekor qiliş, insonparvarlik karvonlarining uzluksiz ötişini taʼminlaş hamda BMTning Yaqin Şarqdagi falastinlik qoçqinlarga yordam körsatiş va iş olib boriş agentligi xodimlari xavfsizligini kafolatlaş talab etiladi.
Sammit iştirokçilari BMT Boş Assambleyasining Falastin anklavida zudlik bilan öt oçişni töxtatişga çaqiruvçi rezolyutsiyasi muhimligini taʼkidlagan. Ularning fikriça, bu talabga eʼtibor bermaslik Isroilga begunoh odamlar, bolalar, qariyalar va ayollarni öldiriş, Ğazo sektorini xarobaga aylantiriş orqali özining şafqatsiz tajovuzini davom ettirişga imkon beradi.
Isroilga qurol eksport qilişni töxtatiş
Sammit iştirokçilari xalqaro hamjamiyatni Isroilga qurol eksportini töxtatişga çaqirgan
"Biz barça mamlakatlarni armiya va köçmançilar Falastin fuqarolarini öldiriş va ularning uylari, şifoxonalari, maktablari, masjidlari va çerkovlarini vayron qiliş uçun işlatadigan bosqinçi hokimiyatlarga qurol va öq-dorilarni eksport qilişni töxtatişga çaqiramiz", deyiladi hujjatda.
Isroilning "harbiy jinoyatlari" böyiça tergov
Şuningdek, ular Xalqaro jinoiy sud prokuroridan Isroilning Ğazo sektorida sodir etgan “harbiy jinoyatlari”ni tekşirişni söragan.
“Xalqaro jinoiy sud boş prokuroridan Isroil tomonidan bosib olingan barça hududlarda, jumladan Şarqiy Quddusda Falastin xalqiga qarşi sodir etilgan uruş jinoyatlari va insoniyatga qarşi jinoyatlarni tergov qilişni söraymiz”, deyiladi qöşma bayonotda.
Sammit iştirokçilari Arab Ligasi va Islom hamkorlik taşkiloti kotibiyatlariga Isroil armiyasi Falastin anklavida sodir etişi mumkin bölgan harbiy jinoyatlar dalillarini hujjatlaştirişni topşirgan. Bayonotga köra, hududiy taşkilotlar kotibiyatlari tomonidan OAV faoliyatini nazorat qiliş böyiça ikkita komissiya tuziladi. Taşkil etilganidan keyin 15 kun içida ular Taşqi işlar vazirlari darajasidagi Arab Ligasi va Islom hamkorlik taşkiloti Kengaşlariga öz faoliyati töğrisida hisobot taqdim etişi kerak. Keyin har oyda ehtimoliy harbiy jinoyatlar haqida dalillar taqdim etiladi.
Bundan taşqari, mintaqaviy taşkilotlarga aʼzo davlatlar Isroilni Falastin xalqiga qarşi jinoyatlar uçun javobgarlikka tortiş böyiça huquqiy va siyosiy taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş niyatida.
Garovga olinganlarni ozod qiliş
Arab Ligasi va Islom hamkorlik taşkiloti davlatlari Yaqin Şarqdagi mojaroning sönggi avj olişi oqibatida garovga yoki hibsga olingan barça odamlarni ozod qilişga çaqirgan.
"Biz barça mahbuslar va tinç aholini ozod qiliş zarurligini yana bir bor tasdiqlaymiz va Isroil minglab falastinlik mahbuslarga qarşi sodir etayotgan jinoyatlarini qoralaymiz. Biz xalqaro hamjamiyatni va tegişli xalqaro taşkilotlarni [Isroilga] bosim ötkazişga, bu jinoyatlarni töxtatib, ularni sodir etganlarni qoralaşga çaqiramiz. Şuningdek, biz işğolçi armiya (Isroil mudofaa kuçlari nazarda tutilmoqda), yahudiy köçmançilar tomonidan sodir etilgan qotilliklarni, şuningdek, Al-Aqso masjidi hamda barça islom va nasroniy ziyoratgohlariga qilingan hujumlarni töxtatişga çaqiramiz. Biz xalqaro hamjamiyatga yahudiy radikal guruhlarini terrorçi taşkilotlar röyxatiga kiritişni sörab murojaat qilamiz”, deyiladi hujjatda.
Taqiqlangan qurollardan foydalaniş
Arab ligasi va Islom hamkorlik taşkiloti davlatlari Kimyoviy Qurollarni Taqiqlaş Taşkilotidan Isroilni xalqaro konventsiyalarda taqiqlangan qurollardan foydalangani uçun tekşirişni söragan.
"Isroilning Ğazo sektori va Livanga hujumlarida xalqaro miqyosda taqiqlangan oq fosforli öq-dorilardan foydalanganini hamda Livanni "toş davri"ga qaytariş haqidagi bir neça bor bayonotlari va tahdidlarini qoralagan holda, tegişli tekşiruv ötkaziş uçun Kimyoviy qurolni taqiqlaş taşkilotiga murojaat qilişni zarur deb hisoblaymiz", deyiladi hujjatda.
Sammit iştirokçilari, şuningdek, “Isroil bosqinçi hukumati aʼzolarining ekstremistik va misantropik bayonotlari, jumladan, vazirlardan birining Ğazo sektorida Falastin xalqiga qarşi yadro qurolini qöllaş tahdidi”ni ham qoralagan. Şu munosabat bilan bayonot mualliflari konferentsiyaning navbatdagi sessiyasini Yaqin Şarqda yadro quroli va ommaviy qirğin qurollarining boşqa turlaridan xoli hudud yaratiş masalasi böyiça ötkaziş zarurligini taʼkidlagan.
Ğazodagi vaziyatni hal qiliş uçun konferentsiya
Bundan taşqari, arab va islom davlatlari Ğazo sektoridagi vaziyatni yaqin kelajakda hal qiliş uçun xalqaro konferentsiya ötkazişga çaqirgan.
"Biz imkon qadar tezroq xalqaro tinçlik konferentsiyasini ötkazişga çaqiramiz. Buning şarofati bilan biz xalqaro huquq va “hudud uçun tinçlik” tamoyiliga asoslangan tinçlik jarayonini muayyan muddatda va xalqaro kafolatlar bilan boşlaşimiz mumkin. Bu 1967 yilda Isroil tomonidan bosib olingan Falastin hududlarida isroilliklarning işğoliga çek qöyadi”, deyiladi bayonotda.
Şuningdek, iştirokçi davlatlar Falastin hukumati va BMTning Yaqin Şarqdagi Falastinlik qoçqinlarga yordam agentligiga moliyaviy va gumanitar yordam körsatiş uçun islomiy moliyaviy xavfsizlik tarmoğini işga tuşiriş niyatida ekanini tasdiqlagan. Qayd etilişiça, moliyaviy xavfsizlik tarmoği mojaroning qizğin bosqiçi tugagandan söng, Ğazo sektorini qayta quriş va Isroil agressiyasining halokatli oqibatlarini bartaraf etişda xalqaro hamkorlarni jalb qiliş zarurligini körsatadi.
Ğazoga nisbatan ikki tomonlama standartlar siyosati
Bayonotga köra, Arab Ligasi va Islom hamkorlik taşkiloti davlatlari Isroil va Ğazo sektoriga nisbatan ikki tomonlama standartlar siyosatini qoralaydi. Taʼkidlanişiça, bu ikkilik siyosati Isroilni himoya qiladigan va uni qonundan ustun qöyadigan davlatlarga işonçni jiddiy ravişda yöqotadi.
“Biz xalqaro hamjamiyatni Isroilni bosqinçi davlat sifatidagi majburiyatlarini bajarişga jalb qilişga va Falastin xalqiga gumanitar yordamdan zudlik bilan, xavfsiz va barqaror foydalaniş imkoniyatini berişga çaqiramiz”, deyiladi hujjatda.
Arab Ligasi va Islom hamkorlik taşkiloti davlatlari ğazoliklarni anklav şimolidagi uylarini tark etişga majburlaş urinişlarini ham qoralagan.
“Biz Ğazo sektori yoki Ğarbiy Sohil, jumladan Quddusdagi şaxslar yoki guruhlarni majburan köçirişga qaratilgan har qanday urinişlarga qatʼiyan qarşiligimizni bildiramiz va bunday harakatlarni qizil çiziq va jinoyat deb bilamiz. Şuningdek, biz içki köçirilganlarni zudlik bilan öz şaharlari va uylariga qaytariş zarurligini taʼkidlaymiz”, deyiladi arab va islom davlatlari rahbarlari sammiti yakunlari böyiça qabul qilingan qöşma bayonotda.
Maʼlumot uçun, Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud tomonidan taşkillaştirilgan mazkur sammitda köplab davlatlar rahbarlari, xususan, Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan, Qatar Amiri şayx Tamim bin Hamad Ol Soniy, Suriya Prezidenti Başar Asad, Iordaniya Qiroli Abdulla II, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov kabi rahbarlar qatnaşdi. Özbekiston delagatsiyasiga esa Boş vazir Abdulla Aripov boşçilik qildi.









