Turkiya Respublika Prezident Rajab Toyib Erdöğan Buyuk Britaniya Boş vaziri Boris Jonson va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilib, mintaqadagi özgarişlarni muhokama qildi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Prezident Erdöğan va Boris Jonson örtasidagi uçraşuvda mintaqadagi özgarişlar, ayniqsa, Rossiyaning Ukrainaga hujumi, Turkiya-Birlaşgan Qirollik munosabatlari muhokama qilingan.
Rossiyaning Ukrainaga qarşi hujumini va öt oçişni zudlik bilan töxtatiş uçun kuraşni davom ettirganliklarini ifoda etgan Prezident Erdöğan, Turkiyaning NATOdagi ittifoqdoşlaridan terrorga qarşi kuraşda samimiy qöllab-quvvatlaşni kutişini taʼkidlagan.
Prezident Erdöğan va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy örtasida bölib ötgan telefon muloqotida Rossiyaning Ukrainaga hujumi va oxirgi özgarişlar muhokama qilingan.









