Ukraina Qrimdagi köprikka zarba berdi

Ukraina Qrimdagi köprikka zarba berdi

Ukraina Qurolli kuçlari Çongar va Geniçeskdagi avtomobil köpriklariga raketa hujumi uyuştirdi. Bu haqda Qurolli kuçlar boş qömondoni devoni Strategik aloqalar boşqarmasining Telegram-kanalida maʼlum qilindi.

Xerson viloyati gubernatori vazifasini bajaruvçi Vladimir Saldoga köra, Ukraina Qurolli kuçlari köpriklar – Çongar hamda Qrimning Geniçesk va Arabat ötiş joylarini öqqa tutgan.

“Ular Tonkiy böğozi orqali Geniçesk şahrini Arabat bilan boğlovçi köprikni öqqa tutdi. Otilgan 12 ta raketaning 9 tasi havo mudofaasi tomonidan urib tuşirildi. Yetib keliş vaqtida köprikdan ötib ketayotgan bir fuqaro yaralandi”, deb yozgan Saldo.

Oqibatda 20 mingdan ortiq aholi quvur uzilişi tufayli gazsiz qolgan.

Şuningdek, u Ukraina Qurolli kuçlari Qrim va Xerson viloyati örtasidagi Çongar köprigiga hujum qilib, Çongar qişloğini öqqa tutganini aytgan. 

Uning daʼvo qilişiça, otişma davomida Ukraina harbiylari Buyuk Britaniyada işlab çiqarilgan Storm Shadow raketalaridan foydalangan.

Hozirda Çongar köprigi vaqtinça yopilgan.

Eslatib ötamiz, keça, 6 avgust kuni uçuvçisiz uçiş qurilmalari bilan yana Moskva viloyatidagi obʼektlarga hujum qilingandi. Daʼvo qilinişiça, uşbu hujum Ukraina tomonidan amalga oşirilgan.


×