Özbekistonga birinçi marta Pfizer vaktsinasi olib kelindi

Özbekistonga birinçi marta Pfizer vaktsinasi olib kelindi

Hozirgina Toşkent xalqaro aeroportiga 1 200 000 dozadan ortiq Pfizer/BioNTech vaktsinasi yuklangan samolyot kelib qöndi. Bu haqda SSV maʼlum qildi. 

Ayni paytda Özbekistonda ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca, «Sputnik V» va Moderna vaktsinalaridan foydalanilmoqda. Pfizer/BioNTech vaktsinasi yurtimizga qöllanilayotgan 5-vaktsina böldi.

Şunday qilib, yurtimizga keltirilgan jami vaktsina 24 002 540 dozani taşkil qilmoqda.

Ulardan:

- 1 342 480 dozasi AstraZeneca,

- 18 000 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,

- 460 000 dozasi «Sputnik V»,

- 3 000 060 dozasi Moderna,

- 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaktsinasidir.

Ayni kungaça mamlakatimizda jami 16 861 167 doza vaktsinadan foydalanilib, töliq emlangan fuqarolar 3 121 019 nafarni taşkil qilmoqda.

×