Dollar kursi birinçi marta 10 740 sömga qadar kötarildi

Dollar kursi birinçi marta 10 740 sömga qadar kötarildi

Özbekistondagi bir neçta tijorat banklari 7 sentyabr kuni dollar valyutasining sömga nisbatan kursini oşirdi.

Aksariyat banklar 1 AQŞ dollarini 10 640 sömga sotib olişni, 10 740 sömga sotişni taklif qilmoqda. Taʼkidlaş kerakki, mamlakatda uşbu valyuta 27 avgustdan buyon kötarilişda davom etmoqda.

Quyida dollarning yangi qiymatini eʼlon qilgan ayrim banklar keltirilgan:

  • «Agrobank»: sotib oliş — 10 650, sotiş — 10 740;
  • Asia Alliance Bank: sotib oliş ­­— 10 680, sotiş — 10 740;
  • NBU: sotib oliş — 10 680, sotiş — 10 740;
  • Orient Finans Bank: sotib oliş — 10 640, sotiş — 10 740;
  • «Savdogar bank»: sotib oliş — 10 630, sotiş — 10 740.

Eslatib ötamiz, Markaziy bank 7 sentyabrdan xorijiy valyutalarning özbek sömiga nisbatan yangi qiymatini belgilagan. Unga köra, dollarning rasmiy kursi 14,07 sömga kötarilib, 10 685,07 sömni taşkil qilmoqda.

×