Boş vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari, Farğona viloyati sobiq hokimi Şuhrat Ğaniyev Oliy Majlis Senati aʼzoligidan çiqarildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasiga tayanib davletovuz Telegram kanali xabar bermoqda.
Maʼlumot uçun, Şuhrat Ğaniyev 2020 yil fevralidan buyon boş vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlab kelgan Öktam Barnoyev sentyabr oyida koronavirus oqibatlaridan vafot etgaç, böş qolgan lavozimga kötarilgan edi.
Eslatib ötamiz, Ğaniyev hozirda Toşkent şahridagi 16-şifoxonada davolanmoqda, uning ahvoli örtaça, infektsiya sobiq hokimda yengil keçyapti. Ğaniyevning koronavirusga çalingani töğrisida hozirda heç qanday rasmiy maʼlumot yöq.









