Bemorning öğli çaqiruvga hamşira emas, erkak şifokorlar kelganidan norozi bölgan.
Maʼlum qilinişiça, joriy yilning 23 yanvar kuni soat 16:30 atrofida Toşkent tumani TTYB xodimlari (şifokor va feldşer) xizmat vaqtida kelib tuşgan çaqiruvga asosan, tumandagi “Qoraböriq" MFYga yetib borgan.
Aniqlanişiça, yiqilib tuşib, jarohat olgan bemor (ayol)ga tez tibbiy yordam xodimlari birinçi tibbiy yordam körsatayotgan vaqtlarida, ayolning 1999 yilda tuğilgan öğli Ö.A kirib kelib, ayol hamşira kelmaganligi uçun janjal kötargan. Şunga qaramay tibbiyot xodimlari xizmat vazifasini bajarib, zaruratga köra bemorni şifoxonaga olib borgan.
Şu vaqtda bemorning öğli kelib, tuşuntirişlarga qaramay janjalni davom ettirgan va 1993 yilda tuğilgan feldşer U.U.ni qöllari bilan urib, tan jarohati yetkazgan.
IIBB axborot xizmatining xabariga köra, hozirda 24 yoşli fuqaro Ö.A. IIB xodimlari tomonidan protsessual tartibda uşlangan. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, Toşkent tumani IIB tomonidan tergov-suriştiruv işlari olib borilmoqda.









