Özbekiston olimlari va mutaxassislarining navbatdagi kaşfiyotiga ixtiro patenti berildi. Qattiq qotişmalarga qöşiş uçun volfram nano kukunini oliş usuliga taqdim etilgan uşbu patent 100 foiz Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tegişli.
Qayd etilişiça, uşbu usul kukun metallurgiyasida, nanokukunlarni oliş va qöllaşda foydalaniladi. Mazkur usul orqali qattiq qotişmalar işlab çiqariş jarayonida qotişmaning mustahkamligi 16 foizga oşiriladi. Qattiq qotişmalarda eng oğir holatdagi parametr bu mustahkamlik bölib, yangi ixtiro yuklama (bosim ostida) qotişmani sinib ketmasligini oldini oladi. Nanokukunlar qotişma işlab çiqarişda rekristallizatsiya jarayonida faol qatnaşib, ziç materiallarni işlab çiqarişda qöllaniladi.
Hozirda uşbu ixtiro OKMKning Çirçiq şahridagi tarkibiy bölinmasida qattiq qotişmalar işlab çiqarişda qöllanilyapti.









