Pedofillarga jazo qattiq böladi

Pedofillarga jazo qattiq böladi

«O'zLiDeP» fraktsiyasi yiğilişida «Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş tizimini yanada takomillaştiriş munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi birinçi öqişda muhokama qilingan.

Jinoyat kodeksiga köra ön sakkiz yoşga tölmagan jabrlanuvçining nomusiga tegiş yoki unga nisbatan zörlik işlatib, jinsiy ehtiyojni ğayritabiiy usulda qondirgan yoxud uni jinsiy aloqa qilişga majbur etgan yoki fohişalikka jalb qilgan, voyaga yetmagan şaxs tavsiflangan pornografik mahsulotni tayyorlagan şaxslarga nisbatan javobgarlik çoralari kuçaytirilmoqda.

Xususan, baʼzi jinoyatlar uçun jazo çoralari oğirlaştirilmoqda. Yaʼni, ayolni öz homilasini sunʼiy ravişda tuşirişga majburlaganlik uçun 30 mln sömdan 60 mln sömgaça jarima yoki 3 yildan 5 yilgaça muayyan huquqdan mahrum qiliş yoxud 300 soatdan 360 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 2 yildan 3 yilgaça axloq tuzatiş işlariga jalb qilinadi.

Nomusga tegiş yoxud jinsiy ehtiyojni ğayritabiiy usulda qondiriş masalasida 1-qismi 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş, 2-qismi 8 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş taklifi berilmoqda.

Şaxsni jinsiy aloqa qilişga majbur etganlik uçun 300 soatdan 480 soatgaça majburiy jamoat işlari, 2 yildan 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari, 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki ozodlikdan mahrum qiliş taklif etilmoqda.

16 yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik uçun 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qöllanilmoqda.

Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda:

  • voyaga yetmagan, mehnatga layoqatsiz şaxslar va ota-onani moddiy taʼminlaşdan böyin tovlaş bilan boğliq huquqbuzarliklarni sodir etgan şaxslarga nisbatan «haq tölanadigan jamoat işlariga majburiy jalb qiliş» tarzidagi yangi jazo turi joriy etilmoqda;
  • aliment böyiça majburiyatlarga ega çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar Özbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda çiqarib yuborilmasligi belgilanmoqda.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 31 yanvar kuni Yangihayot tumanida zörlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoşli qizning murdasi topilganidan keyin pedofillarga nisbatan jazoni keskin kuçaytiriş haqida munozaralar yuzaga kelgandi.

Xususan, «Yuksaliş» harakati rahbari Bobur Bekmurodov qonunçilikka pedofillarni kimyoviy va jismoniy biçiş amaliyoti kiritişni taklif qilmoqda.

«Qonunçilikka pedofillarni kimyoviy va jismoniy biçiş amaliyoti kirişi şart. Qança jazo muddatlarini oşirmaylik, takroran sodir etiş xavfi saqlanib qoladi. 20 yoşli erkak pedofillik qilsa, 15 yil ötirib çiqqanda 35 kirgan böladi. Yaʼna şu jinoyatni sodir etadi. Pedofiliya bu kasalllik!», — deb yozdi Bekmurodov öz sahifasida.


Manba: Xabar.Uz


×