Jo Bayden Rossiyaning Ukraina şaharlariga bergan ommaviy zarbasini qoraladi. Bu zarbalar yana bir bor Putinning Ukraina xalqiga qarşi noqonuniy uruşining şafqatsizligini körsatganligini taʼkidladi:
"Qöşma Ştatlar Rossiya bugun Ukrainaga, jumladan Kiyevga qarşi uyuştirgan raketa zarbalarini keskin qoralaydi. Natijada tinç aholi halok böldi va yaralandi. Harbiy maqsadda bölmagan obʼektlar vayron qilindi. Bu zarbalar yana bir bor janob Putinning Ukraina xalqiga qarşi noqonuniy uruşining şafqatsizligini körsatadi. Bugun maqsadsiz ravişda halok qilinganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarga esa soğayib ketişini tilab qolamiz.
Bu hujumlar Ukraina xalqini qança kerak bölsa şunça qöllab-quvvatlaş zarurligi borasida qarorimizni yanada kuçaytiradi. Ittifoqçilarimiz va hamkorlarimiz bilan birgalikda biz Rossiyani tajovuzkorligi uçun jazolaşda davom etamiz. Putin va Rossiyani vahşiylik va uruş jinoyatlari uçun javobgarlikka tortamiz va Ukraina kuçlariga öz mamlakati va erkinligini himoya qiliş uçun zarur bölgan yordamni beramiz. Biz yana bir bor Rossiyani bu asossiz tajovuzni zudlik bilan töxtatişga va öz qöşinlarini Ukrainadan olib çiqib ketişga çaqiramiz"-degan Bayden.









