AQŞ va Ukraina qarşi hujumning muvaffaqiyatsizligi uçun bir-birini ayblamoqda – WP

AQŞ va Ukraina qarşi hujumning muvaffaqiyatsizligi uçun bir-birini ayblamoqda – WP

Ukraina va Amerika tomonlari bir-birini Kiyevning qarşi hujum uyuştirişga urinişlari muvaffaqiyatsizlikka uçraganlikda ayblamoqda. Bu haqda “The Washington Post” şarhlovçisi Maks Butning çop etilgan fikr-mulohazalarida aytiladi. 

Materialda qayd etilişiça, Kiyevning qarşi hujum uyuştirişga urinişlari Ukraina rahbarlari va uning Ğarbdagi tarafdorlari kutgan katta muvaffaqiyatga olib kelmagan.

"Ukraina nega köproq muvaffaqiyatga erişmadi? Sahna ortida Ukraina va AQŞ rasmiylari örtasida köplab özaro ayblovlar bor. Amerikaliklar şikoyat qiladilarki, ukrainaliklar NATO uslubidagi qöşma qurolli hujumni ötkaza olmadi va Sovet harbiy strategiyasiga xos bölgan eskirgan uruşga qaytdi, şu bilan birga juda zarur bölgan xodimlarni Baxmut (Ukrainça Artemovsk nomi) atrofidagi ikkinçi darajali operatsiyalarga yönaltirdi”, deyiladi maqolada.

Öz navbatida, ukrainaliklar Ğarb Rossiya istehkomlarini buzib ötiş uçun yetarliça qurol-yaroğ bilan taʼminlamaganidan, berilgan qurollarning ham köpi işlamay qolganidan şikoyat qilgan. 

“Ukraina minalardan tozalaş uçun uskunalar va zirhli texnika, eng muhimi, Rossiyaning boşqariladigan va uçuvçisiz samolyotlarining zarbalarini qaytariş uçun yetarli kuçga ega emas”, deyiladi materialda.


×