Rossiya prezidenti Vladimir Putin mudofaa vaziri Sergey Şoyguga oktyabrgaça Ukraina qarşi hujumini töxtatiş uçun muhlat berdi. Bu haqda Kremldagi insayderlarga tayanib, Amerika uruşni örganiş instituti tahlilçilari (ISW) xabar berdi.
Insayderlarga köra, Şoyguga 2023 yil oktyabr oyi boşigaça frontdagi vaziyatni yaxşilaş, Ukraina qarşi hujumini töxtatiş va taşabbusni Rossiya qöşinlariga qaytariş uçun muhlat berilgan. Tahlilçilar rus harbiylarining Ukrainaga qarşi hujumlari faollaşgani şu bilan boğliq bölişi mumkinligini aytmoqda.
“Agar insayderning daʼvosi rost bölsa, rus harbiy qömondonlari hatto Rossiya harbiy salohiyati evaziga Ukraina qarşi hujumini kulminatsiyaga olib çiqiş uçun şafqatsiz qarşi hujumlarga buyruq berayotgani körsatadi”, — dedi tahlilçilar.
Ular avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Putinning iltifotini yöqotişidan qörqib, saʼy-harakatlarini kuçaytirib, qömondonlar orasida tozalaş işlarini olib borgan holatlarga guvoh bölganlarini aytdi. Rossiya kuçlari hisobiga erişib bölmaydigan harbiy maqsadlarga intiliş haqida salbiy fikr bildirganlar keskin tanqid ostiga olingan.









