Makronni Özbekistonga “qaysi şamollar uçiryapti?”

Makronni Özbekistonga “qaysi şamollar uçiryapti?”

Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makronning şu haftaga möljallangan Qozoğiston va Özbekistonga safaridan maqsad mamlakatning energiya xavfsizligini yaxşilaşdir. Bu haqda Makronga yaqin ikki anonim manbaga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.

“Prezident Emmanuel Makron şu hafta energiyaga boy Markaziy Osiyoga safar qilib, mamlakat yadroviy reaktorlarini quvvatlaydigan uran yetkazib beruvçi ikki davlat – Qozoğiston va Özbekistonga taşrif buyuradi”, deyiladi xabarda.

Taʼkidlanişiça, Markaziy Osiyoning ulkan neft, gaz va foydali qazilma zaxiralari unga intilişni oşirgan. Şuning uçun ham Makron bu mintaqada “yangi döstlar va uran qidirmoqda”. 

Qayd etiş joizki, Nigerda hokimiyat ağdarilganidan söng, mamlakat Frantsiyaga uran va oltin eksporti töxtatgandi. Niger jahonda uran qazib oliş böyiça yettinçi örinda turadi. Frantsiyada elektr energiyasi uçun işlatiladigan uranning 15-17 foizi Niger hissasiga töğri kelardi. Mamlakatda hokimiyatga kelgan kuçlarning esa Frantsiya bilan aloqalari yomon.

Agentlik manbasiga köra, Makronning ikkinçi maqsadi sobiq ittifoq respublikalarini “Rossiyaga qaramlikdan taşqariga” çiqişga undaş bölişi mumkin.

Maʼlumot uçun, Qozoğistonda 170 dan ortiq frantsuz kompaniyasi va qöşma korxonalari faoliyat yuritmoqda. Makron respublikaga taşrifi davomida "Orano" kompaniyasining Qozoğistondagi iştirokini kengaytiriş masalasini ham muhokama qilişni rejalaştirgan.

Eslatib ötamiz, Emmanuel Makron 1 noyabr kuni Qozoğistonga, 2 noyabrda Özbekistonga kelişi aytilgandi. AFP Yelisey saroyidagi manbasiga tayanib, Makronning Qozoğiston va Özbekistonga kutilayotgan taşrifidan mintaqada AQŞ va Yevropa Ittifoqi bilan birga Parij ham öz vaznini saqlab qolişini maqsad qilganini xabar qilgandi.


×