Joriy yilning oktyabr oyida "Qöyliq" va "Çorsu" dehqon bozorlarida asosiy isteʼmol tovarlaridan sabzi, olma, rizamat uzum, nok, limon kabi mahsulotlar arzonlaşdi. Kartoşka, piyoz, sarimsoq piyoz, bodring, bulğor qalampiri kabi mahsulotlar esa oşdi. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, uşbu davr mobaynida bozorda sariq sabzi 500 sömga, qizil sabzi 250 sömga, import olma 2500 sömga, rizamat uzumi 1500 sömga, import nok 2500 sömga va limon 9 ming sömga arzonlaşgan.
Ammo kartoşka 675 sömga, piyoz 100 sömga, sarimsoq piyoz 2500 sömga, bodring 625 sömga, pomidor 2 ming sömga, bulğor qalampiri 1500 sömga, baqlajon 250 sömga, olma 2500 sömga, uzum 2 ming sömga, nok 1000 sömga, tarvuz 900 sömga va qovun narxlari 1000 sömga oşgan.
Taʼkidlanişiça, uşbu davr mobaynida hududlardan “Çorsu” dehqon bozoriga jami 357,2 tonna, şu jumladan 302,7 tonna mol göşti va 54,5 tonna qöy göşti keltirib sotilgan.
“Qöyliq” bozoriga esa hududlardan jami 23,7 ming tonna, xususan, 12,4 ming tonna kartoşka, 8,4 ming tonna piyoz, 966 tonna karam va 1,9 ming tonna sabzi keltirilgan.
Şundan, Toşkent viloyatidan 1 107 tonna kartoşka, 1 564 tonna piyoz, 966 tonna karam, 573 tonna sabzi, Samarqand viloyatidan 1 144 tonna kartoşka, 78 tonna sabzi, Namangan viloyatidan 69 tonna kartoşka, Jizzax viloyatidan 6,8 ming tonna piyoz va 27 tonna sabzi, Farğona viloyatidan 210 tonna, Qaşqadaryo viloyatidan 600 tonna, Xorazm viloyatidan 27 tonna, Buxoro viloyatidan 151 tonna, Sirdaryo viloyatidan 158 tonna va Andijon viloyatidan 67 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.
Şuningdek, “Qöyliq” bozoriga Qozoğiston Respublikasidan 5 010 tonna, Qirğiziston Respublikasidan 844 tonna, Afğoniston Islom Respublikasidan 902 tonna va Eron davlatidan 3 347 tonna kartoşka keltirilgan.









