2019 yil avgust oyining oxirida Rossiya avtomobil bozorining eng maşhur modeli Lada Granta böldi. Bu haqda «Avtostat» tahlil agentligi xabar berdi.
Hisobot davrida Rossiyada 11132 dona Lada Granta sotilgan. Bu 2018 yil avgust oyiga nisbatan 60 foizga köp. Ikkinçi eng ommabop avtomobil – Lada Vesta. Uning avgustdagi savdosi 10 foizga ösib, 9329 donaga yetdi.
Uçlikni Janubiy Koreyaning KIA Rio avtomobili yakunladi. Uşbu modelning sotuv körsatkiçlari 6989 dona. Bu ötgan yilga nisbatan 11 foizga kam degani.
Şuni taʼkidlaş kerakki, 2019 yil avgustida AvtoVAZ Rossiyada qolgan avtokompaniyalar orasida eng köp – 30012 Lada rusumli avtomobillarni (+4,5%) sotdi.
Eslatib ötamiz, 2019 yilning dastlabki sakkiz oyida Rossiyada Lada dilerlari 233 684 dona avtomobil sotgan, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 2,5 foizga köp.









