Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ayollariga köngilxuşlik qilişlariga, muboh hisoblangan dilxuşliklarga ruxsat berar edilar.
Oişa (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: “... Iyd kuni bir habaş çarm qalqon va nayza bilan öynayotgan edi. Rasululloh menga: “Qörişni hohlaysanmi?” dedilar. “Ha”, dedim. Şunda meni orqalariga turğizdilar. Mening yuzim u zotning yuzlariga tegib turar edi. Ularga: “Yanada gözalroq qilinglar, ey Banu Arfida”, dedilar. Malollangan paytim: “Kifoya qiladimi?”, dedilar. “Ha”, dedim. U zot: “Unda ket”, dedilar” (Muttafaqun alayh).
Payğambarimiz hayitdan boşqa kunlarda ham ahllariga muboh köngilxuşliklarni körişlariga rozi bölganlar. Oişa (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ötirgan edilar. Bas, şovqin va bolalar ovozini eşitdik. U zot (sollallohu alayhi va sallam) örinlaridan turdilar. Bir ayol raqsga tuşar, uning atrofida bolalar bor edi. “Ey Oişa! Kel, qaraysan”, dedilar. Kelib, iyagimni u zotning yelkalariga qöyib u ayolning raqsini tomoşa qildim. Bir payt: “Töydingmi? Töydingmi?” deb söradilar. Men Rasululloh (alayhissalom)ning huzuridagi martabamni biliş uçun “Yöq”, deb javob berdim. Tösatdan Umar (roziyallohu anhu) kelib qoldi. Insonlar u ayolning oldidan tarqalib ketişdi. Rasululloh: “Albatta, men inson va jinlardan bölgan şaytonlarning Umardan qoçganini köryapman”, dedilar. Oişa (roziyallohu anho) aytadi: “Keyin men qaytdim” (Imom Termiziy rivoyati).
Rasululloh iyd kunida ahlini joriyadan muboh qöşiqlarni eşitişlariga iqror qilişlari
Oişa (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) fitr yoki azho kuni oldimga kirdilar. Huzurimda ansor qizlaridan ikkitasi Buos qöşiqlarini aytişar edi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)töşakka yotib yuzlarini burdilar. Abu Bakr (roziyallohu anhu) kirib: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning huzurida şaytonning nayi?!”, deb meni jerkib berdilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Abu Bakr (roziyallohu anhu)ga yuzlanib: “Ey Abu Bakr, ikkisini öz holiga qöy. Albatta, har-bir qavmni bayrami böladi. Bu bizning bayramimiz”, dedilar. Rasululloh (alayhissalom) eʼtibor bermay qöygan paytlarida ikkala qizçaga işora qildim, ular çiqib ketişdi” (Imom Buxoriy rivoyati).
Hofiz ibn Hajar (rahmatullohi alayh) aytadi: “Bu hadisda bir neça foydalar bor. Ular:
– ayol kişiga muloyim böliş;
– ayol kişining muhabbatini qozoniş;
– bayram kunlari xursandçilikni zohir qiliş din şiorlaridan ekani;
– bayram kunlarida oila aʼzosiga ibodat qiyinçiliklaridan badanga dam beradigan va nafs xohlaydigan turli narsalarga kengçilik beriş maşruʼ ekani.
Yana hadisdan joriya aytgan qöşiqni eşitiş joiz ekani olinadi. Çunki Rasululloh Abu Bakr Siddiq (roziyallohu anhu)ga joriya aytayotgan qöşiqni eşitişni man qilmadilar. Balki, Abu Bakr Siddiqni joriyaning qöşiq aytişini man qilişdan qaytardilar. Öşa ikki joriya Oişa onamiz çiqib ketişga işora qilgunlariça qöşiq aytişda davom etişdi.
Lekin bu faqat fitnadan saqlangan hollardagina joizdir.
Jismoniy maşqlar bilan şuğullanişlari
Rasululloh insoniyat xayoliga kelmaydigan darajada öta tavozuli edilar. U zot suyukli ayollari Oişa onamiz bilan musobaqa qilar edilar.
Möminlarning onasi Oişa (roziyallohu anho) Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bilan safarga çiqadilar. U paytda Oişa onamiz yoş qiz edilar. Oişa onamiz aytadi: “Men hali semirmagan edim. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) sahobalariga: “Oldinga yuringlar”, dedilar. Sahobalar yurişdi. Söngra menga: “Kel, musobaqalaşamiz”, dedilar. Men u zot bilan musobaqa qildim va yugurişda özib ketdim. Keyinçalik yana safarga çiqdik. Sahobalarga: “Oldinga yuringlar”, dedilar. Söngra menga: “Kel, musobaqalaşamiz”, dedilar. Men oldingisini esimdan çiqarib qöygan va semirgan edim. Şunda u zotga: “Yo Rasululloh, şu holatimda siz bilan qanday musobaqalaşaman?” dedim. U zot (sollallohu alayhi va sallam): “Albatta, musobaqalaşasan”, dedilar. Men musobaqa qildim. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) mendan özib ketdilar va kulib: “Bu narigi musobaqa bilan biru bir”, dedilar” (Imom Abu Dovud rivoyati).
Saʼotiy (rahimahulloh) aytadi: “Bu hadisdan ayolga iltifotli böliş, çiroyli muomala qiliş, xursandçilik ulaşiş, uning bilan hazil-huzul maʼnosida musobaqalar qiliş joizligi olinadi. Çunki bu xislatlar Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning gözal xulqlaridan sanaladi”.
Ayollari bilan safar qilişlari va özaro fikr almaşişlari
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ahli ayollari bilan birga safar qilar, keçalari birga sayrga çiqar va özaro fikr almaşar edilar.
Oişa (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: “Albatta, Payğambarimiz safarga çiqmoqçi bölsalar ayollari örtasida qurʼa taşlar edilar. Bir bor qurʼa Oişa va Hafsa onamiz ikkalasiga tuşdi. Şunga köra Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) keç kirganda Oişa onamiz bilan birga suhbatlaşib, sayr qilişi kerak edi. Hafsa onamiz Oişa onamizga: “Siz tunda mening tuyamga mining. Men sizning tuyangizga minaman. Siz ham men ham köramiz”, dedi. Oişa onamiz: “Xöp”, – deb mindilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Oişa onamizning tuyalari oldiga keldilar. Unda Hafsa onamiz bor edi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Hafsa onamizga salom berdilar va birga ketişdi. Oişa onamiz bölsa Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ni yöqotib qöydi...”
Bu hadisdan kişi safarida ayolini şerik qilişi va ayol zotiga safarini osonlaştiradigan narsalarni hozirlab berişi olinadi. Bu nabaviy odob Islom jamiyatida köp erlarda yöq bölib ketgan. Hozirgi kunda kişi safarida ham, boşqa mahalda ham özi “yolğiz” yaşaşga örganib qolgan. Ayol kişi esa köpinça eridan ajralgan holatda hayot keçiradi. Bu holat musulmon oilasiga salbiy taʼsir ötkazadi. Oila aʼzolari örtasidagi aloqaning uzilişiga, oxir-oqibat eru-xotinning ajralişiga sabab böladi.
Musulmon kişi bu borada Payğambar (alayhissalom)ning yöllaridan yurmoği lozim. Çunki kişi ahli bilan birga safar qilişi, keçalari birga sayr etiş va özaro maslahatlaşişning örtadagi riştaning mustahkamlanişiga, muhabbatning ziyoda bölişiga va bir-birini yaxşi tuşunişiga katta taʼsiri bor.
Manba: azon.uz









