Ukraina rahbariyatida isteʼfolar tayyorlanmoqda – “Time”

Ukraina rahbariyatida isteʼfolar tayyorlanmoqda – “Time”

Qişda Ukraina rahbariyatida jiddiy özgarişlar yuz berişi mumkin. Bu haqda Ukraina Prezidentiga yaqin manbalarga tayanib, “Time” jurnali xabar berdi.

Naşr manbalariga köra, hukumat vaziri va yuqori martabali generallardan biri işdan olinadi. Ular "frontdagi sekin siljiş", yaʼni yetarli darajada muvaffaqiyatli bölmagan qarşi hujum uçun javobgar böladilar. Biroq bu odamlarning ismi hozirça oçiqlanmagan.

Qayd etilişiça, Prezident Zelenskiy Qöşma Ştatlarga safaridan keyin "ğazablangan". Çunki Ğarb uruşdan çarçaganini körsatgan. Bir manbaga köra, Ukraina rahbari ittifoqçilari tomonidan xiyonatga uçraganini his qiladi.

Zelenskiyning özi Ğarbda köpçilik Ukrainadagi harbiy mojaroga allaqaçon örganib qolgani va bu eng yomoni ekanini aytgan.

“Uruş çarçoqlari tölqin kabi keladi. Bu AQŞda ham, Yevropada ham seziladi. Endi ular uçun hamma narsa şoudek bölib qoladi va ular uni ketma-ket öninçi marta tomoşa qilişni xohlamaydi”, deydi Zelenskiy.
“Zelenskiy Rossiya boşlagan uruşni davom ettiriş niyatida va sulh masalasi uning jamoasida tabu hisoblanadi”, deb yozadi “Time”. 

Naşr suhbatdoşlari esa Prezidentning yakuniy ğalabaga işonişi uning baʼzi maslahatçilarini xavotirga solayotganini aytgan. 

Şuningdek, Zelenskiyning idorasi Rossiya harbiy zarbalari tufayli qişda elektr taʼminotidagi uzilişlar ukrainaliklarning mamlakat hukumatidan noroziligiga sabab bölişidan xavotirda. Naşr suhbatdoşlaridan birining sözlariga köra, agar ötgan qişda ukrainaliklar buning uçun Rossiya qöşinlarini aniq ayblagan bölsa, endi ular "tayyorgarlik uçun yetarliça iş qilmagan" hukumatga qarşi daʼvo qilişlari mumkin.


×