Özbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankiga aʼzo bölişga hozirlik körmoqda. Bu haqda keça, 25 fevral kuni Yevroosiyo hukumatlararo kengaşi yiğilişida mamlakat Boş vaziri Abdulla Aripov maʼlum qildi.
“Hozirda Özbekistonning Yevroosiyo taraqiyot bankiga qöşilişi jarayoni va şartlarini kelişiş işlari davom etmoqda”, deydi Boş vazir.

Abdulla Aripovning sözlariga köra, Özbekistonning tegişli idoralari va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi departamentlari örtasida yaqin hamkorlik böyiça qöşma “yöl xaritasi”ni muvofiqlaştiriş işlari yakunlanmoqda.
“Biz Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlar uşbu hujjatning qabul qilinişini maʼqullaşda qöllab-quvvatlaşiga umid bildiramiz”, deydi u.
Maʼlumot örnida, Yevroosiyo taraqqiyot banki (YEOTB) — xalqaro moliya taşkiloti bölib, unga aʼzo davlatlarning iqtisodiy ösişiga kömaklaşiş, ularning savdo-iqtisodiy aloqalarini kengaytiriş va investitsiya faoliyati orqali Yevroosiyo hududida integratsiya jarayonlarini rivojlantirişga xizmat qiladi. Ayni vaqtda olti davlat uşbu bankning aʼzosi hisoblanadi. Bular: Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Rossiya.









