“Çiqiş qayerda?” “Time” jurnali Trampga atalgan yangi muqovani çop etdi

“Çiqiş qayerda?” “Time” jurnali Trampga atalgan yangi muqovani çop etdi

“Time” jurnali joriy yilning aprel soni uçun yangi muqovasini eʼlon qildi. Unda AQŞ Prezidenti Donald Tramp qölida Eron xaritasi bilan tasvirlangan va sarlavha “Çiqiş qayerda?” deb yozilgan.


Maqolada aytilişiça, Eron bilan uruş Trampni qiyin tanlov oldida qoldirgan – u bir tomondan mojarodan çiqiş yölini topişi, boşqa tomondan esa siyosiy kelajagini saqlab qolişi kerak. Oq uy rahbari yaqin maslahatçilaridan xavotirli maʼlumotlar olgan. Jumladan, maʼmuriyat rahbari Syuzi Uayls va boşqa yordamçilar uruş çözilişi Trampning ommaviy qöllab-quvvatlanişiga va noyabrdagi saylovlarga salbiy taʼsir qilişini bildirgan.

Sörovlar böyiça mutaxassis Toni Fabrizio ham AQŞning Erondagi harbiy operatsiyasi tobora ommabop bölmayotganini körsatadigan natijalarni taqdim etgan.

Şu bilan birga, maqolada Tramp Eronning yadro tahdidini yöq qilişni özining asosiy yutuği deb bilayotgani aytiladi. Ammo ayrim maslahatçilar unga vaziyatni haddan taşqari ijobiy körsatib, real holatni töliq yetkazmayotgani ham taʼkidlangan.

Oq uyda esa vaqt kam qolayotgani tuşunilmoqda: uruşning çözilişi Prezident, uning partiyasi va umuman AQŞ jamiyati uçun yanada katta yöqotişlarga olib kelişi mumkin.

Maqolaga köra, bu mojaro zamonaviy tarixdagi eng yirik neft inqirozlaridan birini keltirib çiqargan, global iqtisodiy ösiş prognozlari pasaygan. Agar Hormuz böğozi uzoq muddat yopiq qolsa, bu jahon iqtisodiyotini yomon oqibatlarga olib kelişi mumkin.


×