Yevropa Superligasi rahbariyatida özgariş bölganligi eʼlon qilindi. Endilikda germaniyalik funktsioner Bernd Reyxart Superliganing yangi boş direktori sifatida iş olib boradi. Bu haqda uşbu musobaqaning rasmiy matbuot xizmati berdi.
48 yoşli menejer avval RTL media xoldingini boşqargan. Reyxartning asosiy vazifasi - Superligani rivojlantirişdan iborat etib belgilandi.
Hozirda turnirda uçta klub bor: "Real Madrid", "Barselona" va "Yuventus". Boşqa grand klublar şov-şuvli musobaqada iştirok etişdan boş tortgandilar.
Eslatib ötamiz, 2021 yilning 18 aprelida 12 ta klub Superliga deb nomlangan öz turnirini taşkil etişini eʼlon qilgan edi, biroq loyiha UEFA bosimi ostida 2 kundan keyin amalda öz faoliyatini töxtatdi. Deyarli barça klublar Superligada iştirok etişdan voz keçganliklarini eʼlon qilişdi.









