Eron ikkita sunʼiy yöldoşini uçirişga tayyorlanmoqda. Bu haqda Aloqa va kommunikatsiya vaziri Muhammad Jahromiy xabar bermoqda.
Vazir tvitterdagi öz sahifasida yozar ekan, sunʼiy yöldoşlar yaqin kunlarda uçiriş maydoniga yetkazilişini maʼlum qilgan.
Jahromiy buni “tadqiqot sohasidagi muhim qadam” deb atagan. Ammo ularning fazoga çiqarişga qaçon start berilişi haqida gapirmagan.
Eron OAVning maʼlum qilişiça, 90 kilogrammlik “Zafar” deb nomlangan sunʼiy yöldoşlar yuqori aniqlikda tasvirga oladigan törtta rangli kamera bilan jihozlangan. Ular tabiiy manbalar, şuningdek, qişloq xöjaligi va atrof-muhitni rivojlantiriş yölida zarur maʼlumotlarni yetkazib turadi.
Sarvar Anvar öğli









