“Hizbulloh” yetakçisi Hasan Nasrulloh 3 noyabr, juma kungi bayonotgaça Isroilga Ğazodan çiqib ketişga muhlat berdi. Bu haqda BBC maʼlum qildi.
Bunga javoban Isroil HAMASdan keyin "Hizbulloh" bilan şuğullanişga vaʼda bergan.
Isroil harbiylari Livan janubidagi çegaradoş hududlarning minglab aholisi “Hizbulloh ularga qarşi uruş boşlaşidan” qörqib, u yerdan qoçib ketayotgani haqida xabar berdi.
7 oktyabr kuni HAMAS Isroilga hujum qilganidan söng, Livandagi “Hizbulloh”ning öz pozitsiyalarini himoya qiliş maqsadida Isroil bilan bir-ikki töqnaşuvlarini aytmaganda, oçiqçasiga uruşga kirgani yöq.
“Hizbulloh” jangçilari vaqti-vaqti bilan Isroil şimolidagi çegara hududlariga raketalar va kiçik qurollardan öq uzmoqda. Isroil armiyasi bunga javoban “Hizbulloh” jangarilar joylaşgan hududlarga vaqti-vaqti bilan zarbalar bermoqda. Hozirgaça bu otişmalar mahalliy xarakterga ega.
Nasrulloh Isroil vaqti bilan soat 15:00 da “Quddus yölida halok bölgan şahidlar”ni şaraflaş marosimida nutq sözlaşi rejalaştirilgan. Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusining Quds kuçlari qömondoni Ismoil Qaani Isroil bilan kengroq jabhada kuraşiş uçun 8 oktyabrdan beri Livanda ekani aytilmoqda. Baʼzi manbalar Livandan Isroilga hujum qiliş masalasida sönggi sözni “Hizbulloh” yetakçisi Nasrulloh aytişini maʼlum qildi.
Eslatib ötamiz, Isroilning Ğazo sektori şimolida joylaşgan Jabaliya qoçqinlar lageriga uyuştirgan havo hujumi oqibatida yuzlab tinç aholi vakillari qurbon böldi.









