Janubiy Koreya Prezidenti Li Çje Myon şimoliy koreyalik harbiy asirlar bilan boğliq janjal sababli Ukrainaga qarata bayonot berdi. Siyosatçi tegişli murojaatni X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida eʼlon qildi.
“Şimoliy koreyalik harbiy asirlarni repatriatsiya qiliş (vatanga qaytariş) masalasi böyiça Ukraina tomoni maʼlumotlarni oşkor qilmaslikni söradi va biz uni sir saqlaşga kelişib oldik. Biroq Ukraina bir tomonlama tartibda bu maʼlumotni oşkor qildi”, deyiladi uning xabarida.
Şuningdek, siyosatçini Ukraina tomonining keyingi xatti-harakatlari ğazablantirgan.
“Koreya Respublikasi Prezidenti yuqori darajadagi xuşmuomalalik körsatib, bu borada afsusda ekanini bildirganida, Ukraina tomoni heç qanday kelişuv bölmaganini daʼvo qilib, amalda boşqa davlat rahbarini yolğonçiga çiqardi.
Biz kelişuv faktini tan olişni va oşkora keçirim söraşni talab qilganimizda, Ukraina, aksinça, Şimol va Janub örtasida yaqin orada harbiy töqnaşuv sodir bölişi haqida gapira boşladi. Koreya yarimorolida uruş boşlanişiga turtki berişga urinayotgan Ukrainaning xatti-harakatlari yuzasidan çuqur afsusda ekanimizni bildiramiz”, deb yozdi u.
Li Çje Myon ogohlantiriş bilan çiqdi.
“Agar Ukraina kelişuv faktini tan olişdan va oşkora keçirim söraşdan boş tortişda davom etsa, biz qöşimça çora köramiz. Bu Koreya Respublikasi fuqarolari va davlatining şaʼni hamda obrö-eʼtibori masalasidir, biz buni eʼtiborsiz qoldira olmaymiz”, deydi u.
Bayonoti yakunida u Ukraina Taşqi işlar vazirligining javobini keltirgan.
“Janubiy Koreya biz uçun muhim… Biz uşbu diplomatik tuşunmovçilikni hal qilişni çin dildan xohlaymiz”, deya Ukraina TIV rahbari Andrey Sibiganing bayonotidan iqtibos keltirgan u.









