Özbekistonda şaxslarning maʼlumotini soxtalaştiriş va «şantaj» qilişga nisbatan jazo kuçaytiriladi

Özbekistonda şaxslarning maʼlumotini soxtalaştiriş va «şantaj» qilişga nisbatan jazo kuçaytiriladi

Şuningdek, kripto-aktivlarning noqonuniy muomalasi, jumladan, noqonuniy mayning faoliyati uçun jiddiyroq jazo belgilanadi.

2023 yil 24 oktyabr kuni Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlari faoliyatida oçiqlikni taʼminlaş masalalari qömitasining yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Oliy Majlis Senatining matbuot xizmati

Yiğilişda Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritilgan masalalar ham muhokama qilingan.

Sönggi paytlarda Özbekistonda ham internet orqali mobil qurilmalar, şuningdek, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi akkaunt yoki kanallarni bloklaş holatlari tez-tez uçrab turibdi. Bu köpinça zararli dasturlarni yuboriş, şaxsiy maʼlumotlarni öçiriş, özgartiriş yoki tahdid qiliş orqali pul işlab oliş va boşqa moddiy manfaatlarni közlaş natijasida yuzaga kelmoqda.

Şu bilan birga, odamlarning fotosuratlari, ovozlari va boşqa biometrik maʼlumotlarini turli dasturlar yordamida soxtalaştiriş holatlari köp uçrayapti.

Bu kabi huquqbuzarliklarni sodir etayotganlar uçun jazoni kuçaytiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga özgartişlar kiritilyapti.

Foto: Oliy Majlis Senatining matbuot xizmati

Şuningdek, Jinoyat kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeks kripto-aktivlarning noqonuniy muomalasi, jumladan, noqonuniy mayning faoliyati uçun ham jazoni kuçaytiradi.

Foto: Oliy Majlis Senatining matbuot xizmati

Yiğilişda senatorlar qonun qabul qilingandan keyin huquq-tartibot organ xodimlari aholi va jamoatçilik örtasida mazkur masalalar doirasida tarğibot işlarini kuçaytirişni taʼkidlaşgan.

Qonun loyihasi yuqori palataning keyingi yalpi majlislaridan birida körib çiqiladi.

Teglar:
×