Özbekistonda hayvonlarga nisbatan yana bir şafqatsizlik aniqlandi

Özbekistonda hayvonlarga nisbatan yana bir şafqatsizlik aniqlandi

“Mehr va Oqibat” nodavlat taşkiloti Özbekiston Respublikasi IIVga çora körişni sörab murojaat qilgan.

“Mehr va oqibat” nodavlat taşkilotining “Işonç telefoni”ga Toşkent şahrida yaşovçi fuqarodan videoxabar yuborilgan. Videoda itlar jangi va ularga nisbatan qilingan şafqatsizliklar aks etgan.

14 soniyalik videoda örta yoşli erkak tirik it orqa oyoqlarini boğlab zanjir yordamida daraxt şoxiga ilib tersini şilgan. Qonga belangan it orqa oyoqlaridagi yetişmayotgan terisini oğriqdan yalaşga harakat qilayotgan vaqt erkak tayoq bilan itning boş qismiga zarba bergan. Şundan söng qolgan tersini şiliş bilan birga itning huşini yöqotişini bir neça soniya kutgan. It osilgan xolda ayançli ölim topgan.

1 daqiqa davom etadigan ikkinçi videotasvirda ösmir yigit itni böyin qismidan arqon bilan boğlab, futbol darvozasi ustuniga osib qöygan. Arqondan böğilib huşidan ketgan it ham boş va tana qismiga tuşgan zarbalardan ayançli ölim topgan.

Uşbu videolarni yuborgan murojaatçi keyinroq “Mehr va oqibat” nodavlat taşkilotiga ariza bilan murojaat qilib çora körişni söragan.

Qabul qilingan ariza va mavjud video dalillar, şuningdek, Telegramdagi guruhlardan kelgan havolalar asosida “Mehr va Oqibat” nodavlat taşkiloti tomonidan Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligiga çora körişni sörab murojaat qilgan. Endilikda hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda bölgan şaxslar, şuningdek, şafqatsiz munosabatda bölişni tarğib qiluvçi şaxslar yuridik javobgarlikka tortiladilar.

×