Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatganlik uçun jazo kuçaytirilmoqda. Bu haqda keça, 30 sentyabr kuni Oliy Majlis Senatining ön töqqinzinçi yalpi majlisida muhokama qilingan “Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartişlar kiritiş haqida”gi Qonunda belgilangan.
Qonun bilan nazarda tutilgan birinçi yönaliş – Jinoyat kodeksining hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş, yaʼni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga faol qarşilik körsatiş bilan boğliq jinoyatning jazo çoralari kuçaytirilmoqda.
Ikkinçi yönaliş esa Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga içki işlar organlari xodimi yoki Milliy gvardiya harbiy xizmatçisi (xodimi)ning qonuniy talablarini bajarmaganlik, ularning öz xizmat burçlarini bajarişlariga qarşilik körsatganlik va hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarişiga tösqinlik qilganlik uçun javobgarlikni kuçaytirişni nazarda tutuvçi özgartişlar kiritilmoqda.
Mazkur Qonun bilan mamlakatimizda Jinoyat Kodeksida hokimiyat vakiliga qarşilik körsatganlik uçun javobgarlikni belgilaş orqali hokimiyat vakillarining huquqiy himoyasi taʼminlanadi.
Qayd etilişiça, Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda nafaqat içki işlar organlari xodimlari yoki Milliy gvardiya harbiy xizmatçilari (xodimlari), balki boşqa hokimiyat vakillarining öz xizmat burçlarini bajarişlariga qarşilik körsatganlik yoki tösqinlik qilganlik uçun javobgarlikni kuçaytiriş orqali ularning öz qonuniy faoliyatini tösqinliksiz amalga oşirişiga şaroit yaratiladi. Şuningdek, hokimiyat vakillarining soğligi va hayoti xavfsizligini taʼminlaşga erişiladi.









