Özbekistonda soxta tabiblarga jazo tayin böladi

Özbekistonda soxta tabiblarga jazo tayin böladi

Xalq tabobati sohasidagi faoliyat bilan şuğullaniş huquqiga ega bölmagan şaxs tomonidan tibbiy taşxis qöyiş va davolaş xizmatlarini körsatiş maʼmuriy javobgarlikka sabab böladi.

Senatning navbatdagi yalpi majlisida «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida»gi Qonun körib çiqildi.

«Fuqarolar soğliğini saqlaş töğrisida»gi Qonunda tibbiy maʼlumotga ega bölmagan şaxslar Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat körsatiş faoliyatini litsenziyalaş böyiça maxsus komissiyaning xulosasiga asosan xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan şuğullaniş huquqiga ega ekanligi belgilangan.

Bunda soğliqni saqlaş amaliyotida taşxis qöyiş va davolaşning faqatgina qöllaşga ruxsat etilgan usullaridan foydalanişga yöl qöyiladi.

Şu bilan birga, qonunçilikda xalq tabobati sohasidagi faoliyat bilan şuğullaniş huquqiga ega bölmagan şaxs tomonidan fuqarolarga tibbiy taşxis qöyiş va ularni davolaş xizmatlarini körsatganlik, şuningdek, xizmatlarni xalq tabobati yönalişida ruxsat etilmagan usullarni qöllagan holda moddiy qimmatliklar oliş yoki mulkiy manfaatdor böliş evaziga körsatganlik uçun javobgarlik çoralari nazarda tutilmagan.

Buning natijasida fuqarolar soxta tabiblarning qurboniga aylanmoqda, bunday xizmatlarning oqibatlari esa fuqarolarning soğliğiga salbiy taʼsir körsatişi mumkin.

«Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida»gi Qonun bilan fuqarolarga tibbiy taşxis qöyiş va ularni davolaş xizmatlarini xalq tabobati sohasidagi faoliyat bilan şuğullaniş huquqiga ega bölmagan şaxs tomonidan körsatilganlik, şuningdek, xizmatlarni xalq tabobati yönalişida ruxsat etilmagan usullarni qöllagan holda moddiy qimmatliklar oliş yoki mulkiy manfaatdor böliş evaziga körsatganlik uçun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda.

Şuningdek, mazkur xizmatlarni omma oldida tarğib qilganlik uçun maʼmuriy javobgarlik örnatilmoqda.

 «Reklama töğrisida»gi Qonun xalq tabobati yönalişida ruxsat etilmagan usullarni qöllagan holda fuqarolarga tibbiy taşxis qöyiş va ularni davolaş xizmatlarini reklama qilişni taqiqlovçi norma bilan töldirilmoqda.

Muhokamadan söng Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.


Teglar:
×