Özbekiston insonparvarlik yordami sifatida Qirğizistonga harbiy vertolyot berdi

Özbekiston insonparvarlik yordami sifatida Qirğizistonga harbiy vertolyot berdi

Özbekiston va Qirğiziston prezidentlari tomonidan 2021 yilda erişilgan kelişuvga muvofiq, Özbekiston Qirğizistonga beğaraz insonparvarlik yordami sifatida MI-8MTV harbiy vertolyotini taqdim qildi.

Bu haqda Qirğiz Respublikasi yetakçisi özining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida maʼlum qildi.

Sadir Japarovning bildirişiça, vertolyot mamlakat havo hujumidan mudofaa kuçlariga topşirilgan.

Şuningdek, Qirğiziston harbiy vertolyot parkidagi xuddi şunday vertolyotlardan biri töliq taʼmirlaş uçun Çirçiqdagi aviataʼmirlaş zavodiga ham topşirilgan va uşbu harbiy texnika Özbekiston Mudofaa vazirligi hisobidan töliq taʼmirlanib, qöşni davlat mutaxassislariga topşirilgan.

«Yaqinda Özbekistonning tegişli tuzilmalari vertolyotimiz töliq taʼmirlangani haqida xabar berdi. Tarmoq vazirligimiz mutaxassislari uni «Çirçiq-Öş», «Öş-Bişkek» yönalişi böyiça olib kelib, foydalanişga topşirdilar», – deydi Sadir Japarov mazkur tadbirlar Şavkat Mirziyoyevning qöllab-quvvatlovi bilan amalga oşirilganini taʼkidlab.

Japarov, öz örnida, Özbekiston yetakçisiga öz minnatdorçilgini bildirib ötgan.


×