Keça, 22 iyul kuni Koreya Respublikasi hukumati taqdim etgan va mamlakatimiz Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi uçun möljallangan insonparvarlik yordamining ikkinçi jönatmasi ortilgan «Korean Air» aviakompaniyasi samolyoti Özbekistonga yetib keldi.
Janubiy Koreyaning mamlakatimizdagi elçixonasi maʼlumotiga köra, 144 ming dona tibbiy niqobdan iborat insonparvarlik yordamining birinçi jönatmasi joriy yilning 10 iyul kuni yetkazib berilgan edi. Hozirgi kömak yukida 206 ming dona şu kabi tibbiy niqoblar mavjud.

Taʼkidlaş joiz, koronavirus infektsiyasining Özbekistonda tarqalişining dastlabki kunlaridan boşlab Koreya Respublikasi mamlakatimiz soğliqni saqlaş tizimiga doimiy ravişda texnik va maslahat yordamini körsatib kelmoqda.
Xususan, koronavirus tarqalişining dastlabki bosqiçida professorlar Soy Çje Uk va Yun Sing Ju maslahatçi sifatida Özbekistonda bölib, mahalliy mutaxassislarga kasallikka qarşi kuraşda yordam berdi. Aprel oyi oxirlarida mamlakatimizga qiymati 250 ming AQŞ dollariga teng bölgan diagnostika töplamlari taqdim etildi. Bundan taşqari, Koreya Respublikasining elçixonasi, Xalqaro hamkorlik agentligi, Xalqaro soğliqni saqlaş va tibbiyot jamğarmasi, Suv korporatsiyasi, Yer va uy-joy korporatsiyasi (LH) ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarga yordam körsatdi. Janubiy Koreya kompaniyalari ham bu jarayonda özlarining munosib hissalarini qöşişdi.
Mamlakatlarimiz örtasidagi döstlik va hamkorlik bundan keyin ham özaro yordam va hamkorlikni yanada mustahkamlaşga imkon beradi, deya qayd etiladi Koreya Respublikasining Toşkentdagi elçixonasi xabarida.
Şuningdek, «Dunyo» axborot agentligining maʼlum qilişiça, Cingapurning «Temasek Foundation» fondi 30 dona «Yuwell 7F-5» kislorod kontsentratorini beğaraz asosda taqdim etdi. 22 iyul kuni yuklarni Özbekiston tomoniga rasmiy topşiriş marosimi bölib ötdi.

Kislorod kontsentratorini mamlakatimizga jönatiş bilan boğliq taşkiliy jarayon Özbekistonning Cingapurdagi elçixonasi tomonidan amalga oşirildi.
Cingapur tomonining 30 ta kislorod kontsentratorini yetkazib beriş böyiça qaror Özbekistonda COVID-19 ga qarşi kompleks çora-tadbirlar va qatʼiy harakatlarni amalga oşiriş maqsadida öz vaqtida va manzilli körsatilgan yordam böldi.
Eslatib ötamiz, bu hamkor mamlakatning Özbekiston tibbiy muassasalarining samarali faoliyat yuritişi uçun taqdim qilgan ikkinçi insonparvarlik yordamidir. Bundan oldin Cingapur mamlakatimizga 5 ming dona PSR test tizimlarini yuborgan edi.
Uskunalarni mamlakatimizga olib keliş uçun 22 iyul kuni «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi tomonidan Şanxay şahri orqali reys taşkil qilindi. Ayni paytda Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi kislorod kontsentratorlarini qabul qilib oldi.









