Avvar xabar berganimizdek, Özbekistonning birodar afğon xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami ortilgan ezgulik poyezdi Termiz şahridagi "Ayritom" xalqaro çegara ötkaziş punktida Afğonistonning Mozori Şarif şahriga jönatildi.
Ikki mamlakat xalqlari birdamligi, birligining yana bir ifodasi bölgan uşbu insonparvarlik yordami 1000 tonna un, 60 tonna şakar, 200 tonna guruç, 10 ming dona yoğ, 26 ming 500 dona murabbo, 26 ming 200 dona sabzavot konservasi, 30 tonna pişiriq, 14 ming 200 dona bir martalik tayyor ovqat, 20 ming dona ayollar va erkaklar kiyimi, 15 ming dona erkaklar, ayollar va bolalar paypoği, şuningdek, kömir yoqilğisidan taşkil topgan bölib, u "Hayraton – Mozori Şarif" temir yöli orqali 63 ta vagondan iborat ezgulik poyezdida yetkazildi.

Şu munosabat bilan Mozori Şarif temir yöl stantsiyasida Özbekiston Respublikasi Prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Irgaşev, Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolov, Afğoniston muvaqqat hukumati Taşqi işlar vaziri örinbosari Mulla Şer Muhammad Abbos Stanikzay, Balx viloyati gubernatori Qudratillo Abu Hamza, Kunar viloyati gubernatori Mavlavi Qosim va boşqa rasmiylar iştirokida insonparvarlik yordamini topşiriş marosimi bölib ötdi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning sentyabr oyi örtalarida ham Özbekiston Afğonistonga 1300 tonna yordam yuborgandi.














