HAMAS hujumining sirlaridan biri oçildi

HAMAS hujumining sirlaridan biri oçildi

Isroilga hujum qilişni rejalaştirgan HAMAS jangarilari ikki yil davomida smartfon va kompyuterlardan foydalanmay, statsionar (simli)telefonlar orqali muloqot qilgan. Isroil armiyasi «Ğazo metrosi» deb ataydigan tunnellarga telefon liniyalari tortilgan.

Isroilga hujumga tayyorgarlik körgan HAMAS harakati jangarilari öz rejalarini Isroil razvedkasidan yaşiriş uçun ikki yil davomida simli statsionar telefonlar orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda CNN. AQŞ razvedkasidan xabardor telekanal manbalariga köra, telefon liniyalari Ğazo sektori ostidagi tunnellar içidan ötkazilgan.

Suhbatdoşlarga köra, HAMAS aʼzolari bu vaqt davomida aloqa uçun kompyuter yoki mobil telefonlardan foydalanmaslikka harakat qilgan, operatsiyaga tayyorgarlik körişda ular «eski uslubdagi kontrrazvedka çoralariga» murojaat qilişgan.

Ğazo sektori mahallalari va uylari ostidagi tunnellar HAMAS uçun boşpana va ombor bölib xizmat qiladi va ularning umumiy uzunligi 500 km deb baholanadi. Isroil harbiylari bu yer osti labirintini «Ğazo metrosi» deb ataydi. Tunnellarda raketalar va öq-dorilar saqlanadi va Isroil armiyasi bu yerda HAMASning muhim qömondonlik punktlari joylaşgan deb hisoblaydi.

Eslatib ötamiz, Isroildagi uruş 7 oktyabrdan beri davom etmoqda. HAMAS harakati kutilmaganda Isroilni öqqa tutgan va jangarilar mamlakat janubiy hududlariga bostirib kiradi. Şundan buyon Isroil armiyasi Ğazo sektorini ayovsiz bombardimon qilmoqda.

Isroil rasmiylari Ğazo sektorida quruqlikdagi operatsiyaga tayyorgarlik körilayotganini bir neça bor taʼkidlagan. 19 oktyabr kuni mamlakat mudofaa vaziri bunday buyruq tez orada eʼlon qilinişini aytgandi. Biroq Bloomberg naşri AQŞ va Yevropa Ittifoqi garovga olinganlarni ozod qiliş böyiça HAMAS bilan muzokaralarga vaqt yutiş maqsadida harbiy operatsiya boşlanişini keçiktiriş uçun Isroilga bosim ötkazayotganini yozgandi.


×