Namanganda 3 oy davomida işsiz va maoşsiz qolgan hamşiralar talabi qondirildi

Namanganda 3 oy davomida işsiz va maoşsiz qolgan hamşiralar talabi qondirildi

Namanganda karantindan söng sababsiz işsiz va maoşsiz qolgan 56 nafar hamşira muammosi ijobiy hal qilingan. Bu haqda “Bu kun” informatsion dasturida xabar qilindi.

Ayrim hududlarda pandemiya şaroitida maktab hamşiralari xonadonlarda dizinfektsiya va potranaj xizmatlarini amalga oşiriş uçun jalb etilgan. Namangan viloyati Yangiqörğon tumanida jami 56 nafar maktab hamşirasi ana şunday işlarga çaqirilib, keyinçalik mehnat taʼtiliga çiqarilgan. Oqibatda, hozirgi kunga qadar ular besabab iş beruvçi tomonidan iş bilan taʼminlanmay qolgan. 

Bunday hollarda Mehnat kodeksining 159-moddasiga muvofiq, xodimning sababsiz işsiz qoldiriligan taqdirda ularning örtaça iş haqi saqlanişi va tölab berişi körsatilgan. 

Iş bilan taʼminlanmaganligi sabab yagona daromad manbaidan ajarlagan hamşiralar uç oylik iş haqlarini tölab berilişini sörab, bir neçta idoralarga murojaat qilişgan. Ammo bu harakatlardan natija olişolmagaç, “Yangiqörğon” MFY hududidagi Adliya bölimiga ariza yöllaşgan. 

Hozirda murojaatlar körib çiqilib, 56 nafar hamşiraga 3 oylik örtaça iş haqi tölab berilib, iş bilan taʼminlangan.

×