Jinoyatda gumon qilingan 20 va 22 yoşli yigitlar qölga olingan.
Rossiyaning Moskva şahrida ikki nafar Özbekiston fuqarosi 35 yoşli ayolni qörqitib, zörlaşda gumon qilinmoqda. Bu haqda Bugun.uz manbasi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, voqea 2023 yilning 23 sentyabr kuni sodir bölgan. Şaharning Moskva kanali sohilidagi Vişnevaya köçasi 7-uyda 1988 yilda tuğilgan ayol A.J. ni ikki nafar nomaʼlum şaxs piçoq bilan qörqitib, zörlagan va şundan söng ular qoçib ketgan.
Ayolning körsatmasiga köra, gumonlanuvçilar osiyolik bölgan. Ammo u mast bölgani sabab ularning yuzini eslolmasligini aytgan. Uning körsatmasi böyiça öşa kuni soat 20:00 da jinoyatda gumon qilingan Özbekiston fuqarosi, 2001 yilda tuğilgan A.B. qölga olingan. 23:00 da esa uning şerigi U.A. uşlangan.
Ayni paytda ular Rossiya Jinoyat kodeksining 131-moddasi böyiça ayblanmoqda.
Maʼlumot uçun, Rossiya qonunçiligi böyiça jabrlanuvçini qörqitib, unga nisbatan kuç işlatib yoki noçor ahvolidan foydalangan holda zörlaş uç yildan olti yilgaça ozodlikdan mahrum qilişga sabab bölişi mumkin. Uşbu jinoyat bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilganda esa tört yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişi belgilangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida 12 yoşli qizni zörlaşda gumon qilingan özbekistonlik erkak qölga olingandi. 2022 yilning iyun oyida xuddi şu şaharda 56 yoşli boşqa bir Özbekiston fuqarosi 16 yoşli qizni zörlaşda ayblangan. Öşa yilning avgust oyida Viborg şahrida uç nafar özbekistonlik migrant dala hovlida ösmir qizni zörlagan. Şuningdek, 2022 yilning avgust oyida Leningrad viloyati Vsevolojsk tumanida 17 yoşli özbekistonlik 14 yoşli qizni zörlagan.









