Benzema Frantsiya Içki işlar vazirini sudga bermoqçi

Benzema Frantsiya Içki işlar vazirini sudga bermoqçi

Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasi aʼzosi Karim Benzema uni terrorçilik taşkilotiga aloqadorlikda ayblagan Frantsiya Içki işlar vaziri Jerald Darmaninni sudga bermoqçi. Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi.

Benzemani ijtimoiy tarmoqda Ğazo xalqini qöllab-quvvatlaş maʼnosidagi posti uçun Frantsiya Içki işlar vaziri Darmanin futbolçini “Musulmon birodarlar” terror taşkiloti bilan aloqasi borligini aytgandi. 

Xususan, içki işlar vaziri futbolçining terrorçilik taşkiloti bilan aloqasi borligini körsatuvçi belgilarni aytib ötdi. Sabablar qatorida futbolçining terma jamoa bilan Frantsiya madhiyasini kuylaşdan boş tortgani, ijtimoiy tarmoqlarda musulmonlarni qöllab-quvvatlovçi postlari körsatilgan.

Futbolçi, şuningdek, Yevroparlament aʼzolari Nadin Morano va Frenk Tapironi sudga berişni rejalaştirmoqda. Morano sportçini “HAMAS taşviqotining elementi” deb atagan, Tapiro esa Benzemani terrorçilarga aloqasi borlgini maʼlum qilgan. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Frantsiyaning “Nitstsa” klubi aʼzosiga Falastinni qöllab-quvvatlovçi posti uçun jazo qöllanilgandi. Bu borada Germaniya çempionatida töp tepuvçi futbolçilarga ham ogohlantirişlar berilmoqda.


Teglar:
×