Maʼmuriy sudga taalluqli işlar doirasi kengaymoqda

Maʼmuriy sudga taalluqli işlar doirasi kengaymoqda

Barça rivojlangan davlatlarda maʼmuriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini, fuqarolar, şuningdek korxonalar, muassasalar, taşkilotlarning huquq va erkinliklarini himoya qiliş, qonuniy manfaatlarini taʼminlaşga qaratilgan samarali mexanizmni joriy qiliş dolzarb vazifa sifatida belgilangan. Mamlakatimizda ham mana şunday mexanizmlardan biri ölaroq yangi taşkil topgan maʼmuriy sudlar faoliyatini takomillaştirişga oid keng qamrovli işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, Prezidentning “Sudlar faoliyatini yanada takomillaştiriş va odil sudlov samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” 2020 yil 24 iyuldagi farmoni bilan 2021 yil 1 yanvardan Qoraqolpoğiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toşkent şaxrida tumanlararo maʼmuriy sudlarni taşkil etilib, şu munosabat bilan tuman (şaxar) maʼmuriy sudlarini tugatildi. Yangi taşkil etilgan tumanlararo maʼmuriy sudlar maʼmuriy va boşqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan işlarni körişga ixtisoslaştirilganligi bilan axamiyatli. Yangidan şakllantirilgan maʼmuriy sudlarga Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeksning 26-moddasi talabiga köra, fuqarolar va yuridik şaxslarning buzilgan yoki nizolaşilayotgan huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qiliş töğrisidagi, maʼmuriy va boşqa  ommaviy - huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan işlar taalluqli.

Hozirga kelib maʼmuriy sudlar maʼmuriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustivorligini, fuqarolar va yuridik şaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlaş, maʼmuriy va boşqa ommaviy huquqiy munosabatlar sohasida fuqarolar va yuridik şaxslarning buzilgan yoki nizolaşilayotgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş vazifalarini bajarib, öz navbatida sudning maʼmuriy idoralar ustidan nazarati institutini taʼminlamoqda.

Özbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 15-moddasi talabiga köra, davlat organining yoki fuqarolarning özini özi boşqariş organining qonun hujjatlariga muvofiq bölmagan hujjat qabul qilinişi, şuningdek ular mansabdor şaxslarining ğayriqonuniy harakati (harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki yuridik şaxsga yetkazilgan zararning örni davlat tomonidan yoki fuqaroni özini özi boşqariş organi tomonidan qoplanişi lozim. Şuningdek, zarar qaysi davlat organlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari mansabdor şaxslarining aybi bilan yetkazilgan bölsa, sudning qarori bilan zararning örnini qoplaş uşbu organlar mansabdor şaxslarining zimmasiga yuklatilişi mumkinligi belgilangan.

Maʼmuriy sudning sudloviga davlat organining yoki fuqarolarning özini özi boşqariş organining ommaviy huquqiy munosabatdan kelib çiquvçi qarorlari şuningdek ular mansabdor şaxslarining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan nizolaşişga oid işlar taalluqli bölsa-da, davlat organining yoki fuqarolarning özini özi boşqariş organining qonun hujjatlariga muvofiq bölmagan hujjat qabul qilinişi, şuningdek ular mansabdor şaxslarining ğayriqonuniy harakati (harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki yuridik şaxsga yetkazilgan zararni undiriş fuqarolik yoki iqtisodiy sud tomonidan körib çiqilişi qonunda belgilangan edi. Mazkur nizolarning sudlovga taalluqliligi oid mazkur qonun talabi fuqaro va yuridik şaxslarni sarson bölişiga va bir suddan boşqa sudga murojaat etişiga majbur qilar edi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 yanvar kuni “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subektlari huquqlarining samarali himoya etilişini taʼminlaş hamda aholining sudlarga bölgan işonçini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisi”dagi 107-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorda maʼmuriy sudlarning birinçi navbatdagi vazifasi fuqarolar va tadbirkorlik subektlarining davlat organlari bilan munosabatlarida qonun ustuvorligini taʼminlaş bilan bir qatorda ular huquqlari va qonuniy manfaatlari samarali himoya qiliş hisoblanişi taʼkidlangan holda, maʼmuriy sudlarning rolini kuçaytirişga qaratilgan bir qator tartiblarni protsessual qonun hujjatlarida belgilaş nazarda tutildi.

Qaror bilan maʼmuriy sudning sudloviga taallluqli işlar doirasini kengaytirib, fuqaro yoki tadbirkorlik subektiga ommaviy-huquqiy munosabatdan kelib çiqadigan nizo bilan birga unga sababiy boğlanişda bölgan zararni undiriş talabini ham bildiriş huquqini beriş hamda bunday talablarni körib çiqişni maʼmuriy sudlar vakolatiga ötkaziş nazarda tutilmoqda.

Bunda şunga eʼtibor qaratiş lozimki,
maʼmuriy sudning sudloviga taalluqli ekanligi belgilanayotgan zarar undirişga oid talab bevosida ommaviy-huquqiy munosabatdan kelib çiqadigan nizo bilan unga sababiy boğlanişda bölişi nazarda tutilmoqda.

Şu örinda zarar deganda, huquqi buzilgan şaxsning buzilgan huquqini tiklaş uçun qilgan yoki qilişi lozim bölgan xarajatlari, uning mol –mulki yöqolişi yoki şikastlanişi, (haqiqiy zarar), şuningdek bu şaxs öz huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi şaroitida olişi mumkin bölgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy bergan foyda) tuşuniladi.

Şu bilan birga, mazkur qaror bilan şunday tartib belgilanmoqdaki, eng avvalo fuqarolarni va tadbirkorlarni sudda ortiqça sarson bölmasligini oldini oliş maqsadida sudlar tomonidan daʼvo ariza, ariza hamda şikoyatni sudga taalluqli bölmaganligi sababli qabul qilişni rad etiş yoki iş böyiça iş yuritişni tugatişni taqiqlaş, mazkur holatda daʼvo ariza, ariza, şikoyat yoki işlarni ularni körib çiqişga vakolatli sudga ötkaziş yöli orqali yagona darça tamoyilini sudlarga joriy etiş belgilanmoqda.

Isloxotlardan közlangan maqsad, adolat va qonun ustuvorligi taʼminlaş, “Inson qadri uçun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oşiriş, tadbirkorlikni jadal rivojlantiriş, inson huquqlari va manfaatlarini sözsiz taʼminlaşga qaratilgan.

Umida Nişonova,
Namangan viloyat maʼmuriy sudining sudyasi

×