Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 1 oktyabr kuni Içki işlar vaziri, politsiya general-leytenanti Isgander Mulikovni işdan böşatdi.
Bundan taşqari, Mulikov barça davlat unvonlari mahrum etilib, unvoni mayorgaça pasaytirildi. Bu haqda RIA Novosti Turkmaniston televideniyasiga asosan xabar qildi.
Davlat rahbari tegişli farmonni hukumat va Davlat xavfsizlik kengaşining qöşma majlisida imzoladi.
Berdimuhamedov iş faoliyatidagi jiddiy kamçiliklarga yöl qöyganligi, mansab mavqeini suisteʼmol qilib, vakolatlaridan çetga çiqqanligi uçun Mulikovni IIV rahbarlik lavozimidan ozod etilişi, unvoni pasaytirib, barça mukofotlardan mahrum etişini taʼkidladi.
Prezident Mulikovga 12 marta qattiq xayfsan eʼlon qilişiga qaramasdan, u öziga kerakli xulosa çiqarmagan.
Yangi içki işlar vaziri lavozimiga Mammetxan Çakiyev tayinlandi. U boş vazirning sanoat, transport va kommunikatsiyalar böyiça örinbosari lavozimidan Içki işlar vazirligiga ötkazildi. Çakiyev huquqni muhofaza qiliş organlarida iş tajribasiga ega. 2017 yil fevral oyida Çakiyev Davlat bojxona xizmatiga rahbarlik qilgan, iyun oyida esa Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş davlat xizmati direktori lavozimiga tayinlangandi va u yerda 2018 yil apreligaça işladi.
Turkmaniston parlamenti prezidentning Mulikovni işdan böşatiş va Çakiyevni tayinlaş töğrisidagi takliflariga rozilik beriş töğrisida qaror qabul qildi.









