2021 yilda neça kişi is gazi va portlaşdan ölgani maʼlum böldi

Joriy yilning 15 dekabriga qadar Özbekistonda is gazidan zaharlaniş hamda havo-gaz aralaşmasi çaqnaşi tufayli 125 kişi vafot etgan, 115 kişi jabrlangan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot kotibi Murod Sodiqov maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, 2021 yilda is gazidan zaharlaniş hamda havo-gaz aralaşmasi çaqnaşi bilan boğliq 213 ta holat qayd etilgan. Ularning 66 tasi favqulodda vaziyat sifatida röyxatga olinib, hodisalar oqibatda 125 kişi vafot etgan va 115 kişi jabrlangan.

Murod Sodiqovga köra, is gazidan zaharlaniş asosan quyidagi sabablarga köra yuzaga kelmoqda:

•  fuqarolar tomonidan gaz va muqobil yoqilği (kömir, ötin va boşqa) turlaridan foydalanişda xavfsizlik çoralariga rioya etmaslik;

•  nostandart (qölbola yasalgan) yoki sertifikatga ega bölmagan isitiş peçlari va anjomlaridan foydalaniş;

•  isitiş peçlarining dudburonlarini notöğri örnatiş;

•  gaz yoki boşqa muqobil yoqilğiga moslaştirilgan isitiş peçlari (anjomlari)ni dam oliş (uxlaş) xonalariga olib kiriş;

•  havo almaşmaydigan xonalarni isitişda oçiq olov (kömir va ötin çöğlari)dan foydalaniş;

•  havoni almaştiruvçi şamollatiş şaxtalari yoki tuynuklarni berkitib (tösib) qöyiş.

Şuningdek, isitiş mavsumida yuzaga kelişi mumkin bölgan köngilsiz holatlardan yana biri bu gaz-havo aralaşmasi natijasida çaqnaş, portlaş hamda yonğinlarning sodir bölişidir. Namangan viloyati Namangan tumanida sodir bölgan voqea bunga misol böla oladi.

Mutaxassislar tomonidan tahlillar olib borilganda, yonğinlarning 36,3 foizi elektr uskunalaridan foydalaniş qoidalarining buzilişi, 27,1 foizi oçiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalaniş, 13,6 foizi isitiş peçlarini quriş va işlatiş qoidalarining buzilişi, 9,9 foizi bolalar şöxligi oqibatida, 3 foizi gaz jihozlaridan foydalaniş qoidalarining buzilişi, şuningdek, 31 tasi gaz va havo aralaşmasining çaqnaşidan sodir bölgan.

Qayd etilişiça, aynan qiş mavsumida örtaça har 3 ta sodir bölgan yonğinning bittasi isitiş moslamalaridan notöğri foydalaniş yoki nosoz va nostandart isitiş moslamalarining işlatilişidan kelib çiqqan bölib, ayançli oqibatlarga olib kelgan.

×