AQŞ Ukrainaga Erondan musodara qilingan 1,1 million dona 7,62 millimetrli patronlarni topşirdi, deb maʼlum qilgan Amerika Qurolli kuçlari markaziy qömondonligi (CENTCOM).
Qömondonlik bayonotidan körinib turibdiki, gap Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi dengiz kemasini tutib oliş vaqtida olib qöyilgan öq-dorilar haqida ketmoqda.
«Qöşma Ştatlar ittifoqdoşlarimiz va hamkorlarimiz bilan Eronning mintaqaga tarqatayotgan qurol-yaroği oqimiga qarşi barça qonuniy vositalarni qöllaş tarafdori», — deydi AQŞ harbiylari.
Ular Eronning beqarorlaştiruvçi faoliyatiga çek qöyiş uçun barça saʼy-harakatlarni amalga oşirişga tayyor ekanliklarini qöşimça qilişdi.
Avvalroq AQŞ Davlat departamenti yozda Ukrainaga Vaşingtondan moliyaviy yordam yordam olişda davom etiş uçun korruptsiyaga qarşi kuraşga çaqiruvçi diplomatik nota yuborgani maʼlum bölgandi.









