AQŞ Prezidenti Jo Bayden maʼmuriyatining yarimötkazgiçlar işlab çiqarişni köpaytirişga qaratilgan saʼy-harakatlari, jumladan, uşbu maqsadlar uçun 52 milliard dollar ajratişni nazarda tutuvçi CHIPS and Science Act qonunini qabul qiliş öz samarasini berdi.
Baydenning sözlariga köra, qonunning qabul qilinişi Amerika iqtisodiyotidagi vaziyatni sezilarli darajada yaxşi tomonga özgartirdi, deb yozmoqda “Amerika Ovozi”.
Amerika Prezidenti yarimötkazgiçlar işlab çiqariş ham milliy xavfsizlik masalasi ekanini taʼkidlab, buni, xususan, Ukrainaga yetkazib beriladigan Javelin raketa tizimlarini işlab çiqaruvçi Lockheed Martin mudofaa kontserni misolida tuşuntirdi.
“Ukrainaga Javelin raketalarini yetkazib berişda muammolarga duç keldik, çunki [Lockheed Martin] çiplar, kompyuter çiplari yöq edi. Putinning uşbu şafqatsiz va asossiz uruşida özlarini himoya qiliş uçun biz bu yigitlarga Javelin yuborayotgandik”, deydi Bayden.
Oq uy rahbarining taʼkidlaşiça, Rossiya allaqaçon öz Qurolli Kuçlarini taʼminlaşda muammolarga duç kelgan va buning sabablaridan biri Qöşma Ştatlar öz qurollarini yaratiş uçun “Moskvaga kerakli narsalarni olişda qiyinçiliklar” yaratişga muvaffaq bölgan.









