DXX qariyb 25 kg narkotikni musodara qildi

DXX qariyb 25 kg narkotikni musodara qildi

Davlat xavfsizlik xizmati Qoraqalpoğiston Respublikasi, Farğona, Andijon va Qaşqadaryo viloyatlarida 24,5 kgdan ortiq giyohvandlik vositalarini musodara qildi.

Xususan, Davlat xavfsizlik xizmatining Farğona viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida Farğona şahrida yaşovçi, 1988 yil tuğilgan, muqaddam sudlangan fuqaro boşqaruvidagi Spark rusumli avtomaşina töxtatilib, közdan keçirilganda, uning salon qismida 4 kg 459 gr “opiy” va 2 kg 975 gr “gaşiş” giyohvand moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan. Tergovga qadar tekşiruv davomida, u avvalroq 1993 yil tuğilgan jinoiy şerigiga 7 kg 969 gr “gaşiş” moddasi bergani aniqlanib, uşbu narkotiklar ham tegişli tartibda olib qöyilgan. 

Yana bir tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida esa 1973 y.t. ikki nafar fuqaroning Farğona şahridagi yaşaş manzilida 1 kg 110 gr “gaşiş” hamda 991 gr “opiy” moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan. Şuningdek, tadbir davomida ulardan narkotik sotib oliş uçun Marğilon va Qöqon şaharlaridan kelgan ikki xaridor ham qölga olingan.

DXXning Andijon viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Xöjaobod tumanidagi “Döstlik” xalqaro nazorat ötkaziş punktida ötkazilgan tezkor tadbirda, Andijon tumanida istiqomat qiluvçi, 1988 yil tuğilgan, muqaddam sudlangan fuqaro boşqaruvidagi Spark rusumli avtomaşinada 6 kg 109 gr “gaşiş” moddasi borligi aniqlanib, örnatilgan tartibda olib qöyilgan.

Xizmatning Qaşqadaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan ham tezkor tadbir ötkazilgan. Unda “Surxondaryo - Farğona” yönalişida harakatlanib kelayotgan, Uçköprik tumanida yaşovçi, 1974 yil tuğilgan fuqaro boşqaruvidagi avtotransport vositasi “Umakay” YPX maskanida töxtatilib, közdan keçirilgan. Natijada avtomaşinada xöjalik mollarini ölçaşga möljallangan taroziga xufiyona joylaştirilgan 1 kg 47 gr “gaşiş” moddasi borligi aniqlangan. Şuningdek, unga uşbu giyohvandlik moddasini berib, ortidan kuzatib kelayotgan jinoiy şerigi, Denov tumanida istiqomat qiluvçi, 1973 yil tuğilgan, muqaddam “geroin” moddasi savdosi bilan boğliq jinoyat sodir etganligi uçun sudlangan fuqaro ham hibsga olingan.

DXXning Qoraqalpoğiston böyiça boşqarmasi xodimlarining Davlat bojxona qömitasining hududiy boşqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda ötkazgan tezkor tadbirida Ellikqalʼa tumanida yaşovçi, 1988 yil tuğilgan muqaddam sudlangan fuqaroda 2990 dona “Tramadol” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.

Ötkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 5 kg 450 gr “opiy”, 19 kg 210 gr “gaşiş” hamda 2990 dona “Tramadol” giyohvandlik vositalari musodara qilingan.

Taʼkidlanişiça, barça holatlardagi giyohvandlik vositalari kelgusida sotiş maqsadida qöşni davlatlardan kontrabanda yöli bilan olib ötilgan.

Hozirda mazkur holatlar böyiça Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

×