Kelin töydan bir neça soat ötgaç kuçli yiği sabab olamdan ötdi

Kelin töydan bir neça soat ötgaç kuçli yiği sabab olamdan ötdi

Hindistonda kelin töydan bir neça soat ötgaç, kuçli yiği va hayajon tufayli yurak hurujidan vafot etdi, deb xabar beradi Hindustan Times.

Voqea mamlakat şarqidagi Odişa ştatida sodir bölgan. Hindustan Times gazetasining yozişiça, töyni nişonlagandan söng, kelin anʼanaviy «biday» marosimidan ötişi kerak edi. Bu marosimda odatda kelin ota-onasi va tuğilib ösgan uyi bilan xayrlaşadi. Marosim odatda köz yoşlar va ğamli ötadi.

Marosim davomida yiğlayotgan qiz tösatdan huşidan ketgan. U şoşilinç ravişda kasalxonaga yotqizilgan, ammo şifokorlar uning yurak yetişmovçiligi sababli ölganligini aytişgan. Mahalliy aholining sözlariga köra, kelin vidolaşiş paytida katta stressni boşdan keçirgan, çunki uç oy oldin otasidan ayrilgan.

×