16 fevral teraktini amalga oşirgan terrorçi 23 yil ötib qölga olindi

16 fevral teraktini amalga oşirgan terrorçi 23 yil ötib qölga olindi

“Turkiston islom harakati” (TIH) xalqaro terroristik taşkiloti aʼzosi, Özbekiston Respublikasi hududida öta oğir jinoyatlarni sodir etgani sabab 23 yildan buyon qidiruvda bölgan Yu.J. ismli şaxs Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan qölga olindi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.  

Qayd etilişiça, u 1999 yilning 16 fevral kuni Toşkent şahrida amalga oşirilgan qöporuvçilik harakatlarida ham qatnaşgan. Qidiruvdagi uşbu şaxs xorijda uşlanib, Özbekistonga olib kelingan. 

Maʼlumot uçun, Yu.J. 1969 yil Toşkent viloyatida tuğilgan. 1998 yilning boşlarida Rossiyaning Çeçeniston Respublikasiga borib, iordaniyalik Amir Xattob tomonidan taşkil qilingan jangarilar lagerida maxsus tayyorgarlikdan ötgan va öşa yilning oxirlarida Afğonistondagi TIH xalqaro terroristik taşkiloti safiga qöşilgan.  

U 1999 yilning yanvar oyida taşkilot yetakçilarining körsatmasi bilan aylanma yöllar orqali Toşkent şahriga kelib, badavlat odamlarning uylarida bosqinçiliklarni amalga oşirgan hamda ularning pul va qimmatbaho buyumlarini özlaştirib, Afğonistondagi TIH yetakçilariga yuborgan. 

Mazkur şaxs 1999 yilning 16 fevral va 30 mart kunlari Toşkent şahrida amalga oşirilgan qöporuvçilik harakatlarida ham iştirok etgan. Şuningdek, 1998-2006 yillarda xorijiy davlatlardagi xalqaro terroristik taşkilotlar safida jangovar harakatlarda qatnaşgan. 

Hozirda unga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 24 iyul kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati sudida 1999 yil 16 fevral voqealariga aloqadorligi yuzasidan sudlangan 5 nafar şaxsga oqlov hukmi eʼlon qilingan edi. 

Maʼlumot örnida, 1999 yilning 16 fevral kuni Toşkentda bir qança qöporuvçilik harakati röy bergandi. Toşkent osmonini qora tutun qoplagan öşa mudhiş kundagi terrorçilik harakatlari faqatgina mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumiga qarşi harakat emas, Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimovga suiqasd ham edi.

Şu kuni poytaxt Toşkentning turli hududlarida, jumladan Mustaqillik maydoni, Içki işlar vazirligi va Milliy bank binolari yonida 6 ta kuçli portlaşlar yuz bergan. Ularda 16 nafar kişi qurbon bölgan, 100 dan ortiq odam jarohatlangan.

×