Toşkentdagi 16 fevral portlaşlarida iştirok etgan 55 yoşli şaxs uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati maʼlum qildi.
“Özbekiston hududida terroristik jinoyatlarni sodir etganligi uçun 23 yildan buyon qidiruvda bölgan U.S. xorijda uşlanib, Özbekistonga olib kelindi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, 1967 yil Toşkent viloyatida tuğilgan U.S. 1998 yilda Çeçenistonda jangovar tayyorgarlikdan ötib, 1999 yilning 16 fevral kuni Toşkent şahrida amalga oşirilgan qöporuvçilik harakatlarida iştirok etgan va öşa yilning mart oyida aylanma yöllar orqali xorijga çiqib ketgan.
Şuningdek, U.S. iordaniyalik Amir Xattob tomonidan Çeçenistonda taşkil etilgan jangarilarni tayyorlaş lagerlariga “Turkiston islom harakati” xalqaro terroristik taşkilotining Özbekistondan bölgan aʼzolarini jönatiş bilan ham şuğullangan.
U.S. 2001 yilning noyabr oyida boşqa şaxsning nomiga rasmiylaştirilgan soxta hujjatlar asosida MDHga aʼzo davlatlardan birining fuqaroligini olib, öşa mamlakat hududida yaşirinib yurgan.
Xabarga köra, Özbekiston DXXning çet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda olib borgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida U.S. hibsga olingan. Hozirda unga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Maʼlumot örnida, 1999 yilning 16 fevral kuni Toşkentda bir qança qöporuvçilik harakati röy bergandi. Toşkent osmonini qora tutun qoplagan öşa mudhiş kundagi terrorçilik harakatlari faqatgina mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumiga qarşi harakat emas, Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimovga suiqasd ham edi.
Şu kuni poytaxt Toşkentning turli hududlarida, jumladan Mustaqillik maydoni, Içki işlar vazirligi va Milliy bank binolari yonida 6 ta kuçli portlaşlar yuz bergan. Ularda 16 nafar kişi qurbon bölgan, 100 dan ortiq odam jarohatlangan.









